
Los-Anjeles Klippers xo‘jayini Stiv Balmer NBA tomonidan moliyaviy qoidabuzarliklar uchun tayinlangan jazoga qarshi chiqmasligini e’lon qildi.
0 0

Toshkentdagi Qo‘yliq bozori yonida muammolarni yoritayotgan bloger Arsen Avanesyan va yollanma ishchilar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.
Yashnobod tumanidagi muammolarni o‘z sahifalarida yoritib borayotgan bloger Arsen Avanesyan navbatdagireportajni tayyorlash chog‘ida jiddiy mojaro markazida qoldi. U Qo‘yliq bozori yaqinidagi aholi yashash uylari yonida ish kutib turadigan yollanma ishchilar bilan bog‘liq vaziyatga yana bir bor e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan edi.
Mahalliy fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududda yashovchi aholining uylarida o‘g‘rilik jinoyatlari soni ko‘paygan. Shuningdek, ota-onalar farzandlarini ko‘chaga yolg‘iz chiqarishdan qo‘rqishmoqda. Fuqarolar ishchilarning o‘ta tajovuzkor va noadekvat harakatlaridan shikoyat qilib, ular jamoat joylarida antisanitariya holatini keltirib chiqarayotgani, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab yuborayotgani va ko‘chaning o‘zida hojat chiqarayotganini ta'kidlashgan.
Bloger Arsen Avanesyan mazkur dolzarb masala yuzasidan navbatdagi videoratmani yozib olishga urinar ekan, metro estakadasi ostida to‘plangan yollab ishlovchilar unga birdaniga tashlanishdi. E'tiborlisi, ularning ayrimlari qonunchilikda taqiqlanganiga qaramay yuzlarini to‘liq yopib olgan bo‘lib, ularning shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Ishchilar qo‘pol so‘zlar ishlatib, tasvirga olishni to‘xtatishni talab qilishgan.
Mojaro vaqtida jamoat tartibini saqlash uchun patrul-post xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, nizoga aralashishgan. Shunga qaramѐn, yollanma ishchilar tartib posbonlarining oldida ham blogerga tashlanishga bo‘lgan urinishlarini to‘xtatishmagan. Ayni paytda ushbu mojaro va yuzaga kelgan hodisa yuzasidan hech qanday rasmiy ma'lumot taqdim etilmagan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Los-Anjeles Klippers xo‘jayini Stiv Balmer NBA tomonidan moliyaviy qoidabuzarliklar uchun tayinlangan jazoga qarshi chiqmasligini e’lon qildi.
0 0

O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi oltin medali, ot parvarishi va ota-onalarni tashvishga soluvchi maktab muammolari haqida.
0 0

Magomed Ankalaev Jonni Uokerni nokaut qilgach, Alex Pereyra bilan UFC 300 doirasida kurashsiz, faqat stoykada jang qilishga tayyorligini aytdi.
0 0

Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovning magʻlubiyatiga munosabat bildirib, Song Yadong kelgusidagi raqibi boʻlishi mumkinligini aytdi.
0 0