UzGoal
Sport Yangiliklari

Rim papasi AQSh saylovlari haqida 🗳️

1 daqiqa 0
Telegram
Rim papasi AQSh saylovlari haqida 🗳️

Rim papasi Fransisk AQSh saylovlarida Tramp va Xarrisni hayotga qarshi deb atab, saylovchilarni eng kichik yomonlikni tanlashga chaqirdi.

Rim papasi Fransisk AQShdagi prezidentlik saylovlari mavzusiga munosabat bildirib, ikkala asosiy nomzod – Donald Tramp va Kamala Xarrisning qarashlarini keskin tanqid qildi. Osiyo bo‘ylab o‘tkazilgan 12 kunlik safardan so‘ng Rimga qaytayotgan samolyotda jurnalistlar savollariga javob bergan pontifik ularning har ikkalasini ham hayotga qarshi siyosat yuritishda aybladi.

Papa Fransisk o‘z e’tirozlarida Donald Trampning immigratsiya masalasidagi qattiqqo‘l yondashuvini, xususan, noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish va’dalarini tilga oldi. U migrantlarni quvib chiqarish, ularga ishlash imkoniyatini bermaslik yoki ularni qabul qilmaslik og‘ir gunoh ekanini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, AQSh Oliy sudi 2022 yilda abort huquqini bekor qilganidan keyin bu huquqni tiklashga va’da bergan Kamala Xarris ham pontifik nishonida bo‘ldi. Papa Rim katolik cherkovining o‘zgarmas pozitsiyasiga sodiq qolgan holda, abort qilishni bolalarni o‘ldirish bilan tenglashtirdi va Xarrisning bu boradagi siyosatini qoraladi.

O‘zi Amerika fuqarosi emasligini va saylovlarda ovoz bermasligini eslatib o‘tgan Fransisk yuzaga kelgan murakkab axloqiy vaziyatga to‘xtaldi. U saylovchilar oldida jiddiy savol turganini ta’kidlab, har bir kishi o‘z vijdoniga quloq solgan holda ikkita yomonlikdan eng kichigini o‘zi tanlashi lozimligini bildirdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin