UzGoal
Sport Yangiliklari

🏎 Shuxerning Ferrari bolidi auksionda!

1 daqiqa 0
Telegram
🏎 Shuxerning Ferrari bolidi auksionda!

Mixael Shumaxer 2002-yilda boshqargan Ferrari F2001B avtomobili 17-avgust kuni RM Sotheby’s auksionida 8-10 million dollarga sotuvga qo'yiladi.

Mashhur RM Sotheby’s auksion uyi kolleksiyerlar e'tiboriga afsonaviy Formula-1 poygachisi Mixael Shumaxer 2002-yilgi mavsum boshida boshqargan noyob Ferrari F2001B avtomobilini taqdim etmoqda.

Savdoga 215-raqamli shassiga ega poyga mashinasi qo'yilgan bo'lib, aynan shu bolid yordamida Mixael o'zining beshinchi chempionlik unvoni sari muvaffaqiyatli qadam tashlagan edi. U mavsumning ilk etapi bo'lgan Avstraliyaning Melburn shahridagi poygada g'alaba qozondi. Shundan so'ng, oradan ikki hafta o'tib o'tgan Malayziyadagi bosqichda ham u ushbu Ferrari cockpiti ortida uchinchi o'rinni egalladi.

Shundan keyin bu mashinaning rasmiy poyqalardagi ishtiroki yakunlandi va uchinchi etapan boshlab Shumaxer hamda uning jamoadoshi Rubens Barrikello yangi Ferrari F2002 bolidiga o'tishdi. Shunga qaramay, 215-shassi 2002-yilning aprel va may oylarida jamoaning sinovlarida foydalanilishda davom etdi. Xususan, sinov poygachisi Luchano Burti ushbu mashinada besh kun davomida ish ishlab, jami 384 ta doira masofasini bosib o'tdi.

Keyinchalik, 2003-yilda bu noyob texnika Shveytsariyadan bo'lgan kolleksiyer tomonidan sotib olindi. 2011-yilda esa u boshqa egasining qo'liga o'tdi va hozirda uni bo'lajak auksionga qo'ymoqda. Qiziig shundaki, yangi xaridor uchun Ferrari kompaniyasi mashinaning dvigateli, uzatmalar qutisi hamda ilashish muftasini Maranelloda qayta yig'ib berishni taklif qiladi, shundan so'ng u bilan yana poyga trasasiga chiqish mumkin bo'ladi.

Mazkur qimmatbaho auksion 2024-yilning 17-avgust kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi Monterey shahrida bo'lib o'tadi. RM Sotheby’s mutaxassislarining dastlabki bahosiga ko'ra, yangi egasi ushbu afsonaviy Ferrari F2001B avtomobili uchun sakkiz milliondan o'n million dollargacha mablag' sarflashiga to'g'ri keladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin