Sun'iy intellekt infratuzilmasi ortidagi yashirin qatlamga ixtisoslashgan Ispaniyaning iPronics startapi B seriyali raundda 125 million dollar jalb qildi. Maverick Silicon va Light Street Capital boshchiligidagi investitsiyada Nvidia, Bosch Ventures hamda Yevropa Innovatsiya Kengashi jamg'masi ham qatnashdi. Reuters ma'lumotiga ko'ra, kompaniyaning umumiy mablag'i 177 million dollarga yetdi. 2019-yilda Valensiya politexnika universiteti bazasida tashkil etilgan startap ma'lumotlar markazlari uchun optik kommutatsiya texnologiyasini rivojlantirmoqda. Katta sun'iy intellekt klasterlarida chiplar bir-biri bilan uzluksiz muloqot qilishi va tizim o'zini o'zi qayta ulay olishi muhim. iPronics ONE deb nomlangan yangi platforma mavjud qurilmalardan taxminan 20 marta kichikroq bo'lib, tarmoq…