Mashhur sobiq hujumchi Pavel Datsyuk rossiyalik iste'dodlar nima sababdan kamayib ketganini tushuntirdi. Uning so'zlariga ko'ra, markaziy hujumchilar vazifasi juda murakkab bo'lib, ular ko'p o'ylashi talab etiladi. Asosiy muammo esa xokkeyning qimmatlashib ketganidadir. Datsyukning avlodi davrida bolalar maktablari konki va klyushkalar bilan ta'minlagan bo'lsa, hozir barcha xarajatlar ota-onalarning zimmasiga tushgan. 💰 Xokkey formasi juda qimmat va qo'shimcha mashg'ulotlar ham oilalarga og'irlik qilmoqda. Shuningdek, ota-onalarning bolalarga haddan tashqari qattiqqo'lligi ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. 📉