UzGoal
Sport Yangiliklari

Vagner Lav Vladimir Putinni lol qoldirdi ⚽️

1 daqiqa 0
Telegram
Vagner Lav Vladimir Putinni lol qoldirdi ⚽️

SSKAning sobiq tarjimoni Maksim Golovlev "Qayrat" sobiq o‘yinchisi Vagner Lavning Rossiya prezidenti Putin bilan uchrashuvdagi qilig‘ini esladi.

Moskva SSKA klubining xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi va ko‘p yillik tarjimoni Maksim Golovlev armiyachilar jamoasining Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin huzuridagi qabulda qatnashgani haqida gapirib berdi. Vesti.kz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda "Qayrat" jamoasining sobiq hujumchisi Vagner Lav ham hozir bo‘lgan.

Gap shundaki, 2004/05 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra UEFA kubogini qo‘lga kiritgan Moskvaning SSKA jamoasi mamlakat rahbari bilan uchrashish uchun taklif qilingandi. O‘sha paytda jamoa safida to‘p surgan braziliyalik legionerlar yonida tarjimon bo‘lmagani sababli prezident va boshqalarning suhbatidan deyarli hech narsa tushunishmagan.

Vaziyat qizig‘-qizig‘ pallada braziliyalik hujumchi to‘satdan to‘pni olib uni o‘ynay boshlagan va davlat rahbariga ham xuddi shunday qilishni taklif etgan. Golovlevning "Chempionat" nashriga bergan intervyusida ta'kidlashicha, bazadagi o‘sha uchrashuv fotosuratlari orqali Vagnerning o‘ziga xos xarakteri va kuchli shaxsiyatga ega ekanini ko‘rish mumkin.

Tarjimonning fikricha, hujumchi hech kimning oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan va boshi egilmaydigan fe'l-atvor egasi hisoblanadi. Agar inson o‘zini shaxs deb bilsa, hatto Rossiya prezidentiga ham to‘pni qanday chakalashni ko‘rsatib qo‘ya olishi uning mentalitetiga xosdir. Mahaliy futbolchilar boshqacharoq, vazminroq xarakterga egaligi bois bunday qadamga bormagan bo‘lar edi. Braziliyaliklarning dunyoqarashi va madaniyati esa tubdan farq qiladi.

Ma'lumot uchun, Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi SSKA safida 2004-2013 yillar davomida to‘p surgan. "Qayrat" tarkibida esa u 2020 yilning ikkinchi yarmidan boshlab 2021 yilgi mavsum oxirigacha harakat qilgan. Olmaota klubi safida umumiy hisobda 57 ta uchrashuv o‘tkazgan tajribali hujumchi 27 ta gol urib, 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan hamda Qozog‘iston chempionati va kubogi g‘olibiga aylangan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin