UzGoal
Sport Yangiliklari

Country Garden obligatsiyalar savdosini to‘xtatdi 📉

1 daqiqa 0
Telegram
Country Garden obligatsiyalar savdosini to‘xtatdi 📉

Xitoyning yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi Country Garden qarz muammolari fonida obligatsiyalar savdosini to‘xtatdi.

Xitoyning eng yirik xususiy ko‘chmas mulk kompaniyalaridan biri bo‘lgan Country Garden Shanxay fond birjasiga taqdim etgan ma'lumotlariga ko‘ra, dushanba kunidan boshlab o‘zining o‘n bir ta ichki obligatsiyalari savdosini to‘xtatishga qaror qildi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar savdosining qayta tiklanish muddati keyinchalik qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinishi ta'kidlandi.

Kompaniyaning Hong Kongdagi aksiyalari juma kuni tarixiy eng past darajaga tushib ketdi. Bunga bozor ishtirokchilarining kompaniya qarz majburiyatlarini qayta tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xavotirlari sabab bo‘ldi. Shuningdek, bu holat rasmiy Pekinning yetarli darajada yordam bermayotgani sharoitida mamlakatdagi ko‘chmas mulk sektorining kelajagiga bo‘lgan xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Seshanba kuni Country Garden 6-avgust kuni muddati kelgan umumiy qiymati 22,5 million dollarni tashkil etuvchi ikkita dollar obligatsiyalari bo‘yicha kupon to‘lovlarini amalga oshirmaganini tasdiqladi. Bu esa kompaniyada to‘lovlarni amalga oshirishda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani haqidagi bozordagi qo‘rquvlarni oqladi. 2022-yil yakuniga ko‘ra qariyb 194 milliard dollar miqdorida umumiy majburiyatga ega bo‘lgan mazkur developer, payshanba kuni birinchi yarim yillikda 7,6 milliard dollargacha zarar ko‘rishi mumkinligidan ogohlantirib, bozor sharoitlarini noto‘g‘ri baholab yuborgani uchun investorlardan uzr so‘radi.

Bir vaqtlar moliyaviy barqaror hisoblangan kompaniyadagi bunday moliyaviy qiyinchiliklar xaridorlar hamda moliya institutlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 2021-yil oxiridan beri pasayib borayotgan savdolar, qattiq likvidlik va qator defoltlar bilan yuzaga kelib kelayotgan sohadagi tanglikni bu holat yanada og‘irlashtirishi kutilmoqda. Shanxaydagi birja ma'lumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida kompaniya raisi boshchiligida maxsus ishchi guruhi tuzildi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin