UzGoal
Sport Yangiliklari

Valeriy Gazzayev Dzyubani tanqid qildi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Valeriy Gazzayev Dzyubani tanqid qildi ⚽

Valeriy Gazzayev Artyom Dzyubaning Sergey Semak haqidagi so'zlarini keskin qoralab, uni korporativ etikani o'rganishga chaqirdi.

TsSKA jamoasining sobiq bosh murabbiyi hamda 2005 yilgi UYEFA Kubogi g'olibi Valeriy Gazzayev "Lokomotiv" hujumchisi Artyom Dzyubaning "Zenit" ustozi Sergey Semak sha'niga aytgan gaplariga o'z munosabatini bildirdi.

"Zenit" hamda "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin asosiy e'tibor maydondagi o'yin sifatiga emas, balki Dzyubaning piterliklar murabbiyi manziliga yo'llagan bayonotiga qaratildi. O'yin yakunida Artyom Semak bilan yarashgani haqidagi savolga "Men shunchaki baxtliman! Semak bilan yarashdimmi? U o'zi kim?" deya javob qaytargan edi.

Valeriy Gazzayev bu so'zlarni keskin qoralab, ularni mutlaqo qabul qilib bo'lmasligini ta'kidladi. U Sergey Semak o'tmishda ajoyib futbolchi bo'lganini, Rossiya terma jamoasiga sardorlik qilganini hamda ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida salmoqli yutuqlarga erishganini eslatib o'tdi. Qolaversa, Dzyubaning o'zi aynan Semak qo'l ostida chempion bo'lganini esga olgan mutaxassis futbolchining bunday munosabatidan hayratda ekanini yashirmadi.

Gazzayevning fikricha, Artyom bu kabi so'zlari bilan Semakning obro'siga putur yetkazmoqchi bo'lib, aslida o'zining uzoqni ko'ra olmasligi va tor doirada fikrlashini ko'rsatib qo'ydi. Uning ta'kidlashicha, Dzyuba uchun atrofidagilarning barchasi aybdor: xususan, u ilgari Emerini "kichkina murabbiy" deb atagan, Karpin uning uchun mavjud emas, endi esa Semakni "bo'sh joy" deb atamoqda. Sobiq murabbiy futbolchini korporativ etika qoidalarini o'rganishga, o'zini boshqalardan ustun qo'ymaslikka hamda agar xafa bo'ladigan bo'lsa, faqat o'zidan o'pka qilishga chaqirdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin