
Sobiq himoyachi Kevin Dallmen Qozog'iston terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Rigadagi jahon chempionatiga tashrif buyuradi.
0 0

Ferrari prezidenti Jon Elkann Lyuis Hemilturning jamoaga o'tishi va joriy Formula 1 mavsumidagi raqobat haqida gapirdi.
Ferrari kompaniyasi prezidenti va bir qator yirik tuzilmalar rahnami Jon Elkann Parijda Italiya olimpiya terma jamoasi bazasida tashkil etilgan yangi loyiha taqdimotida ishtirok etdi. Garchi tadbirning asosiy mavzusi avtosportga aloqador bo'lmasa-da, matbuot vakillari bilan muloqot chog'ida Formula 1 va Ferrari jamoasining kelajagiga oid masalalar ham muhokama qilindi. Olimpiya harakatining ashaddiy muxlisi bo'lgan Elkann Parijga oilasi bilan tashrif buyurgan edi.
Tadbir davomida u Agnelli jamg'armasi ta'lim va sportni uyg'unlashtirishga alohida e'tibor qaratishini ta'kidlab o'tdi. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Sitsiliyada Italiya milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maxsus musobaqa o'tkzilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus yosh avlodni sportga jalb qilish va chempionlar namunasida ularni ilhomlantirishga qaratilgan.
Gazzetta dello Sport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, jurnalistlarning bo'lajak transfer haqidagi savoliga javob berarkan, Jon Elkann Lyuis Hemilton va Ferrari bir-birini topganini alohida ta'kidladi. Yanvar oyida 40 yoshni qarshi oladigan britaniyalik yetti karra jahon chempioni jamoaga shunchaki dam olish yoki faoliyatini yakunlash uchun emas, balki g'alaba qozonish va sakkizinchi unvon uchun kurashish maqsadida kelmoqda. Elkann so'nggi o'n yillikning eng buyuk sportchilarini, jumladan Jokovich, Federer, Hemilton, Ronaldo va Messini birlashtirib turgan asosiy jihat ularning uzoq yillik muvaffaqiyatlari ekanini qayd etdi.
Shuningdek, Ferrari rahbari joriy mavsumdagi raqobat keskinlashganiga ham to'xtalib o'tdi. Uning fikricha, Red Bull, Ferrari, McLaren va Mercedes jamoalarining imkoniyatlari yaqinlashgani chempionatni yanada qiziqarli va oldindan aytib bo'lmaydigan qildi. Bunday sharoitda eng tajribali poygachilarning barqaror harakat qilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Sobiq himoyachi Kevin Dallmen Qozog'iston terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Rigadagi jahon chempionatiga tashrif buyuradi.
0 0

O'zbekistonlik futbol hakamlari XX Osiyo o'yinlarining erkaklar va ayollar o'rtasidagi bahslarida ishlashi ma'lum qilindi.
0 0

Sport yangiliklari: Bobur Abdulazizovning IBA Nomad turniridagi jangi, Hindiston shaxmat jamoasining muammosi va Osiyo o'yinlari tafsilotlari.
0 0

Mirjalol Qosimov tavallud kuni, oʻsmirlar ruhiyati va kino olami yangiliklari “Daryo” tahlilida.
0 0