UzGoal
Sport Yangiliklari

🏀 "Pelicans" Taj Gibson bilan xayrlashdi

2 daqiqa 0
Telegram
🏀 "Pelicans" Taj Gibson bilan xayrlashdi

"New Orleans Pelicans" klubi transfer orqali kelgan 41 yoshli tajribali basketbolchi Taj Gibsonni jamoadan ozod qilganini e'lon qildi.

"New Orleans Pelicans" klubi rasmiy bayonotiga ko'ra, tajribali markaziy o'yinchi Taj Gibson jamoadan rasman ozod etildi. Bu qaror mutlaqo kutilgan holat edi.

Gibson seshanba kuni "Grizzlies" va "Pelicans" jamoalari o'rtasida amalga oshirilgan to'rt nafar basketbolchi ishtirokidagi transfer natijasida Memfisdan Nyu-Orleanga kelib qo'shilgandi. 17 yillik NBA tajribasiga ega bo'lgan 41 yoshli faxriy ushbu kelishuvga klublar o'rtasidagi moliyaviy balansni to'g'rilash maqsadida kiritilgan edi. Transfer shartlariga ko'ra, uning 3 815 861 dollarlik umumiy maoshidan 148 828 dollari qisman kafolatlangan bo'lib, "Pelicans" faqat shu mablag'ni to'lash majburiyatini oladi. Qolgan qismi uchun esa klubga moliyaviy da'vo qilinmaydi.

Ma'lumot uchun, Taj Gibson 2025/26 yilgi mavsum boshida NBAda o'ynamagan edi. Biroq u fevral oyida "Grizzlies" safiga qo'shilib, yosh jamoadoshlariga ustozlik vazifasini bajarib berdi. Memfis jamoasi bilan ikkinchi mavsumi kafolatlanmagan ikki yillik minimal shartnoma imzolagan basketbolchi mavsum oxirigacha 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U har bir o'yinda o'rtacha 9,7 daqiqa harakat qilib, 3,4 ochko va 2,7 ta ribaund qayd etdi. "The Athletic" nashri muxbiri Uill Gillori seshanba kuniyoq Nyu-Orlean klubi Gibsonni tarkibdan chiqarib yuborishi, biroq transfer qilingan AJ Jonsonni jamoada saqlab qolib, uning imkoniyatlarini sinab ko'rmoqchi ekanini xabar qilgandi.

Gibson qo'yib yuborilgach, "Pelicans" ixtiyoridagi basketbolchilar soni jami 19 nafarga yetdi. Shundan 13 tasining shartnomasi to'liq kafolatlangan (jumladan Jonson ham), 1 nafarining shartnomasi qisman kafolatlangan, 3 nafari kafolatlanmagan Exhibit 9 bitimiga ega va yana 2 nafari ikki tomonlama shartnoma asosida o'ynaydi. Shuningdek, klub bilan ikki yillik 16 million dollarlik shartnoma imzolashi kutilayotgan Bennedikt Maturin tez orada mavsumoldi tarkibdagi 20-o'rinni egallashi kutilmoqda.

Agar Taj Gibsonni boshqa jamoalar veyver orqali o'z tarkibiga olmasa, u juma kuni cheklanmagan erkin agent maqomini oladi. Unga "Memphis" safiga qaytish taqiqlanadi, ammo u istalgan boshqa NBA klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin bo'ladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin