
EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2

SSKA darvozaboni Igor Akinfeyev shartnomasi uzaytirilmasa Saudiya Arabistoniga ketishi mumkinligini aytdi.
SSKA darvozaboni Igor Akinfeyev YouTube'dagi CSKA Podcast kanaliga bergan intervyusida o‘zining kelajagi va faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida to‘xtalib o‘tdi. Hozirgi kunda uning sog‘lig‘i maydonda to‘p surishga imkon berayotgan ekan, u faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayotganini bildirdi. Shu bilan birga, 37 yoshli posbon besh yoshidan boshlab yiqilishlar oqibatida tizza va belida ba'zi og‘riqlar bezovta qilishini, organizm temir emasligini tan oldi.
Futbolchi to‘laqonli ravishda o‘ynamaslikka tayyor ekanini yuz foiz tushunib yetgan kuni bu haqda o‘zi e'lon qilishini ta'kidladi. SSKA bilan imzolangan amaldagi shartnoma yoz oyigacha mo‘ljallangan bo‘lib, shundan so‘ng vaziyatga qarab ish tutiladi. Agar klub unga yangi shartnoma taklif qilmasa, u hazilomuz ohacta Saudiya Arabistoniga ketishini ma'lum qildi.
Shuningdek, suhbat davomida darvozabon avvalgi intervyularidan birida o‘z faoliyatini aynan qayerda yakunlashi haqidagi savolga hazil bilan Sochida deya javob berganini eslatib o‘tdi.
Ma'lumot o‘rnida, 37 yoshli Igor Akinfeyev SSKA klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun professional faoliyatini faqatgina ushbu poytaxt jamoasida o‘tkazib kelmoqda. Qizil-ko‘klar safidagi amaldagi shartnomasi 2024-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2
Parlons Basket saytini qo‘llab-quvvatlash uchun turli brauzerlarda adblock kengaytmalarini qanday o‘chirish bo‘yicha qo‘llanma.
0 2

Lonzo Boll podkastdagi so‘zlari ortidan chiqqan nafaqaga chiqish haqidagi mish-mishlarni rad etib, hali ham yangi jamoa kutayotganini aytdi.
0 2

Dallas Mavericks markazi Dereck Lively II oyoq operatsiyasidan so'ng hali tayyorgarlik lageriga ruxsat olmadi va mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin.
0 2