Dunyodagi eng yirik kriptobirja Binance spot bozoriga MarsCoin memkoinini qo'shdi. Ushbu tanga uchta juftlikda savdoga chiqarilib, yangilik ortidan bir sutkada 59 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, u birjaning boshqa xizmatlarida ham ishga tushirildi. Mazkur token 2021-yilda Ilon Mask va Changpeng Chjao o'rtasidagi ijtimoiy tarmoqdagi hazildan kelib chiqqan holda hamjamiyat tomonidan yaratilgan edi. Shu bilan birga, birja AVA, GNS, SCR va TOWNS kabi to'rtta loyihani talablarga javob bermaslik xavfi tufayli kuzatuv ro'yxatiga kiritdi 📉