Sony kompaniyasi sentabr oyi uchun PlayStation Plus obunachilariga taqdim etiladigan to'rtta o'yinni e'lon qildi. 1-sentabrdan 5-oktabrgacha foydalanuvchilar maxsus to'plam bilan birga MLB The Show 26 sport loyihasini, Ikkinchi jahon urushiga bag'ishlangan Sniper Elite: Resistance otishmasini, yuqori baholangan Chained Echoes yapon RPG o'yinini hamda Wobbly Life quvnoq sandbox loyihasini qo'lga kiritishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, avgust oyidagi o'yinlarni olish uchun 31-avgustgacha ulgurish lozim.