UzGoal
Sport Yangiliklari

🔴 Farioli hakamlikdan norozi!

1 daqiqa 0
Telegram
🔴 Farioli hakamlikdan norozi!

"Portu" bosh murabbiyi Farioli "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi hakamlikni tanqid qilib, bahsli vaziyatlarga to‘xtaldi.

"Portu" bosh murabbiyi Farioli "Manchester Siti" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdagi hakamlik ishidan o‘z noroziligini ochiq aytdi. Italiyalik mutaxassis ayniqsa bahsli chiqqan ikkita vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi bahsli holat bellashuvning 41-daqiqasida yuz berdi. "Manchester Siti" himoyachisi Mark Gehi raqib futbolchisi Gabriyel Veyga bilan to‘qnashuv vaqtida uning boshiga tirsagi bilan zarba berdi. Oqibatda "Portu" yarim himoyachisi jarohat olib, undan qon oqdi. Biroq bosh hakam Shimon Marsinyak inglizlar himoyachisiga hatto sariq kartochka ham ko‘rsatmadi va vaziyatni VAR orqali ko‘rib chiqishga ham ehtiyoj sezmadi.

Ikkinchi epizod ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Hisobida bitta ogohlantirishi bo‘lgan Yoshko Gvardiol "Portu"ning xavfli hujumini qo‘pol ravishda buzdi, biroq hakam unga ikkinchi sariq kartochkani berib, maydondan chetlatmadi. Ushbu vaziyatdan zudlik bilan so‘ng Gvardiol maydondan olinib, uning o‘rniga Abduqodir Husanov bahsga qo‘shildi.

Farioli o‘yin yakunida jurnalistlarga bergan intervyusida hakamning qarorlarini tanqid qildi. Uning fikricha, Mark Gehining harakati to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin