
EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2

Manchester Siti Erling Xolandning ikkita goli evaziga Brentfordni 2:1 hisobida mag'lub etib, Premyer-ligada peshqadamlikni mustahkamladi.
Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» o'z maydonida «Brentford» jamoasini qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi. Bellashuv mezbonlar uchun juda qiyin boshlandi, chunki bahs boshlanganiga bor-yo'g'i 22 soniya bo'lganida Yoan Vissa raqib darvozasini ishg'ol etib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo'limda Tomas Frank boshchiligidagi «Brentford» futbolchilari juda faol harakat qilishdi. Ular maydonda ustunlikka erishib, xavfli vaziyatlar yaratishdi va Pep Gvardiola jamoasini qiyin ahvolsa qoldirishdi. Xususan, Brayan Mbeyumo hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
Shunga qaramay, «Manchester Siti» safida Erling Xolandning mahorati yana bir bor hal qiluvchi rol o'ynadi. Norvegiyalik hujumchi tanaffusgacha ikkita gol urib, hisobni o'zgartirdi. Shu tariqa, u mavsumdagi gollari sonini 9 taga yetkazib, Premyer-liga tarixida dastlabki to'rtta o'yinda shuncha gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Uning yaqin oilaviy do'vsti vafot etgani sababli bu o'yindagi ishtiroki so'nggi daqiqagacha shubhali edi.
Ikkinchi bo'limda mezbonlar o'yinni o'z nazoratiga olishdi va ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Xoland hatto het-trik qayd etishga yaqin keldi, biroq uning zarbasi ustunga tegdi. Shuningdek, ikkinchi bo'limda jamoa safiga Rodri ham qaytdi. «Brentford» esa ikkinchi bo'limdagi imkoniyatlardan foydalana olmagani evaziga mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng bosh murabbiy Pep Gvardiola raqibning kuchini alohida e'tirof etib, so'nggi yillarda bunday kuchli o'yin ko'rsatgan jamoaga duch kelmaganini aytdi. Ushbu g'alabadan so'ng «Manchester Siti» o'z ochkolarini ko'paytirib, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2
Parlons Basket saytini qo‘llab-quvvatlash uchun turli brauzerlarda adblock kengaytmalarini qanday o‘chirish bo‘yicha qo‘llanma.
0 2

Lonzo Boll podkastdagi so‘zlari ortidan chiqqan nafaqaga chiqish haqidagi mish-mishlarni rad etib, hali ham yangi jamoa kutayotganini aytdi.
0 1

Dallas Mavericks markazi Dereck Lively II oyoq operatsiyasidan so'ng hali tayyorgarlik lageriga ruxsat olmadi va mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin.
0 2