Sony kompaniyasi o'yinchilarga elektron o'yinlar sotib olinmagani, balki litsenziyalangani haqida xatlar yubordi. Bu qadam PS6 uchun disklar chiqarilmasligi va o'yinlarni yo'q qilish borasidagi noroziliklar fonida sodir bo'ldi. O'yinchilar buni o'yinlar ustidan nazoratni yo'qotish deb atab, boykot e'lon qilishdi. Zamonaviy texnologiya olamida egalik huquqi asta-sekin ijaraga o'rin bo'shatmoqda. Xuddi HP printerlari yoki Apple'ning ijara dasturlari kabi kompaniyalar foydalanuvchilar huquqlarini cheklab, mahsulotlarni o'z nazoratida saqlamoqda 📱