
Dallas Cowboys muxlislarining atigi 41 foizi jamoa yo‘nalishidan mamnun, ammo 60 foizi 1-turda g‘alaba kutmoqda.
0 0

Farg'onaning "Neftchi" klubi "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi va braziliyalik markaziy himoyachi Mikel Augustoni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi o'z safiga braziliyalik yangi legionerni qo'shib olgani haqida rasman e'lon qildi. Jamoa sharafini endilikda markaziy ҳimoyachi pozitsiyasida o'ynovchi Mikel Augusto Modesto Rafael dos Santos himoya qiladi.
2003 yilda Braziliyaning Avare shahrida tug'ilgan futbolchining bo'yi 1,90 metrni tashkil etadi. U jismoniy jihatdan baquvvatligi, ishonchli o'yini hamda maydondagi qat'iy xarakteri bilan ajralib turadi. Mikel Braziliyaning eng mashhur va nufuzli futbol maskanlaridan biri bo'lgan "Palmeyras" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U ushbu klub akademiyasidan boshlab to asosiy jamoagacha bo'lgan bosqichlarni muvaffaqiyatli bosib o'tdi va Braziliya A Seriyasida ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rdi. Shuningdek, yoshligidan Braziliyaningturli yoshdagi terma jamoalari e'tiborida bo'lgan Mikel O'zbekistonning U-20 terma jamoasiga qarshi ham maydonga tushgan tajribaga ega.
Himoyachi 2023 yilda Braziliyaning U-23 terma jamoasi safida Panamerika o'yinlarida ishtirok etib, musobaqa g'olibi unvoniga sazovor bo'lgan. Ushbu turnir davomida u to'rtta uchrashuvda qatnashgan. Uning sovrinlar qatoridan Libertadores kubogi, Braziliya A Seriyasi, Braziliya Kubogi, Rekopa Sudamerikana, Paulista chempionati hamda Panamerika o'yinlarining oltin medali o'rin olgan.
Klub matbuot xizmatining ta'kidlashicha, Osiyo Ecit Chempionlar Ligasi bahslari oldidan jamoaning mudofaa chizig'iga Braziliya futbol maktabining vakili qo'shilib, uning tarkibini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Dallas Cowboys muxlislarining atigi 41 foizi jamoa yo‘nalishidan mamnun, ammo 60 foizi 1-turda g‘alaba kutmoqda.
0 0

Betteam.pro tarmoq nashrining ta'sischisi, bosh muharriri va davlat ro'yxatidan o'tganligi haqidagi rasmiy ma'lumotlar e'lon qilindi.
0 0

Isak Ajar jarohati sababli Ispaniya Gran-prisini o'tkazib yuboradi va uning o'rnini yana Liem Louson egallaydi.
0 0

Minnesota Timberwolves klubi Sasha Vezenkovni NBAga qaytarish imkoniyatini o'rgandi, biroq basketbolchi hozircha bunga rozi bo'lmadi.
0 0