UzGoal
Sport Yangiliklari

Vezenkov NBAga qaytishi mumkinmidi? 🏀

1 daqiqa 0
Telegram
Vezenkov NBAga qaytishi mumkinmidi? 🏀

Minnesota Timberwolves klubi Sasha Vezenkovni NBAga qaytarish imkoniyatini o'rgandi, biroq basketbolchi hozircha bunga rozi bo'lmadi.

Sasha Vezenkovning Shimoliy Amerikaning Milliy Basketbol Assotsiatsiyasiga qaytish ehtimoli hali butunlay yo'qqa chiqqani yo'q. Insayder Mark Steynning ma'lumotlariga ko'ra, Minnesota Timberwolves klubi Jonathan Kuminga bilan shartnoma imzolagunga qadar bolgariyalik hujumchini AQShga olib kelish imkoniyatlarini o'rganib chiqqan.

Biroq mazkur qiziqish rasmiy taklif bosqichiga qadar yetib bormagan. Sababi, Vezenkov o'sha paytda hozircha NBAga qaytish niyati yoqligini ochiq-oydin bildirgan edi. Eslatib o'tamiz, uning Sacramento Kings safidagi debyut mavsumi unchalik uzoq davom etmagan bo'lib, u o'tkazgan 12.2 daqiqa ichida o'rtacha 5.4 ochko va 2.3 ta ribaund qayd etgan.

Bunday ko'rsatkichlarga qarammay, sportchi o'sha tajribasini muvaffaqiyatsizlik deb hisoblamaydi. Ayni paytda u Gretsiyaning Olympiacos jamoasida o'zini baxtli his qilmoqda va faoliyatidan mamnun.

Shunga qaram qaramdan, Vezenkov kelgusida NBAga yana qaytish ehtimolini butunlay istisno qilmaydi. Mutaxassislar fikricha, sport olamida hech qachon "hech qachon" degan so'zni ishlatmaslik kerak.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin