UzGoal
Sport Yangiliklari

Farg‘onada noqonuniy hujra ochganlar jazolandi 🚨

1 daqiqa 0
Telegram
Farg‘onada noqonuniy hujra ochganlar jazolandi 🚨

Farg‘ona viloyatining Ёzyovon tumanida noqonuniy hujra tashkil etib, bolalarga diniy ta’lim bergan shaxslar 10 sutkaga qamaldi.

Farg‘ona viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hududlarda amalga oshirilgan tezkor va profilaktik tadbirlar davomida voyaga yetmagan bolalarga nisbatan noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan fuqarolar fosh etildi. Ushbu holat mamlakatimizda diniy ta’lim berish va diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi ishratlar doirasida aniqlangan.

Jumladan, Ёzyovon tumanida istiqomat qiluvchi Х.Х. ismli shaxs tegishli maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagani holda hamda diniy tashkilotlar boshqaruvining markaziy organi ruxsatini olmasdan o‘zining yashash xonadonida yashirin hujra tashkil etgan. Aniqlanishicha, u mazkur xonadonda 19 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy ta’lim berib kelgan. Shu bilan birga, Ж.Т. ismli boshqa bir fuqaro diniy yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini qo‘pol ravishda buzib, ushbu noqonuniy hujrada ta’lim olayotgan bolalarga imomlik vazifasini bajarib kelgani aniqlangan.

Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan aniqlangan barcha dalillar asosida ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik, ya’ni diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish alomatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sud organlariga taqdim etilgan. Sud yig‘ilishida mazkur huquqbuzarlarning qilmishi ko‘rib chiqilib, ularning har biriga 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, agar huquqbuzar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin ham shunga o‘xshash noqonuniy faoliyatni takroran sodir etsa, unga nisbatan yanada qat’iyroq choralar ko‘riladi. Xususan, bunday holatlarda Jinoyat kodeksining 229−2-moddasiga asosan diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkinligi qonun bilan belgilab qo‘yilgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin