Milliy xokkey ligasi pley-off bahsida «Dallas Starz» klubi «Minnesota Uayld» ustidan 7:3 hisobida ustun keldi. G‘oliblar safida Roope Xints xet-trikka erishdi, Yevgeniy Dadonov esa o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Tayler Sejin va Jeymi Benn ham bittadan gol kiritishdi. Mag‘lublar safida Oskar Sundkvist, Markus Yuxansson hamda Frederik Godro gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada «Dallas» seriyadagi hisobni tenglashtirdi — 1:1. 📊 Keyingi uchrashuv 22-aprel kuni o‘tkaziladi. 🗓️