Rice Games studiyasi o‘zining mashhur Shujinkou nomli Jey-RPG janridagi o‘yini 9-sentabr kuni Mac App Store va Epic Games Store’da chiqarilishini e’lon qildi 🍏 O‘yinni bepul yuklab olib, dastlabki 5-10 soatlik qismidan foydalanish mumkin, keyingi bosqichlarni ochish esa pullik. Mac versiyasi Intel va Apple Silicon chiplarini qo‘llab-quvvatlaydi, 70 ta yutuq va kontroller yordamiga ega 🕹 Loyiha 80 soatdan ortiq syujet, 16 labirint va hatto yapon tilini o‘rganish tizimini o‘z ichiga oladi 📚