UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Sony Kojima o'yinini yopmoqchi bo'ldi 🎮

1 daqiqa 0
Telegram
Sony Kojima o'yinini yopmoqchi bo'ldi 🎮

Sony bekor qilmoqchi bo'lgan Xideo Kodzimaning PHYSINT o'yini Asha Sharma va Xbox yordamida saqlanib qoldi.

Xideо Kodzimaning navbatdagi yirik loyihasi bo'lgan PHYSINT shpionaj ekshini deyarli yopilib ketishiga bir bahya qoldi. O'yin yaratuvchisining so'zlariga ko'ra, joriy yilning iyun oyida PlayStation Studios hech qanday asosiy sababsiz loyihani bekor qilish haqida xabar bergan.

Biroq, avvalgi Metal Gear seriyasi ustida ishlash tajribasidan saboq chiqargan Kojima intellektual mulk huquqlarini o'z studiyasida qoldirgani vaziyatni saqlab qoldi. U zudlik bilan yangi homiy qidirishga kirishdi va bu ishda Asha Sharma hamda XBOX kompaniyasi unga ko'makka keldi.

Bu kelishuv Xbox uchun ulkan muvaffaqiyat bo'ldi. Kompaniya nafaqat kelajakdagi asosiy loyihalardan birini qo'lga kiritdi, balki Kodjima o'nlab yillar davomida to'plagan sodiq auditoriyasiga ham ega chiqdi. Qizig'i shundaki, yaponiyalik ijodkorning aksariyat o'yinlari dastlab aynan PlayStation uchun eksklyuziv bo'lib kelgan edi.

Ayni paytda Death Stranding 2 chiqqandan so'ng faol bosqichga o'tgan ishlanmani Sony kompaniyasi moliyalashtirib, unga axborot jihatidan ham start berib ulgurgandi. PHYSINT loyihasining aniq chiqarilish sanasi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda, biroq uning shaxsiy kompyuterlarga ham kelishi endilikda to'liq kafolatlangan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin