
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An Nassr" klubiga o'tgani rasman e'lon qilindi.
0 0

O‘zbekiston MOQ delegatsiyasi Xitoyda sport obyektlari va infratuzilmasi bilan tanishib, kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov va qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrif bilan bordi. «Dunyo» axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, safarning dastlabki manzili sifatida jahon sportining yirik namunalaridan biri sanalgan Pekin Milliy konki uchish markazi tanlandi. Qishki Olimpiya o‘yinlari uchun qad rostlagan ushbu inshootda mahalliy mutaxassislar mamlakatda sport obyektlarini barpo etishdagi so‘nggi yutuqlar haqida atroflicha ma'lumot berdilar.
Tashrif doirasida rasmiylar "Tashkent-2025" yoshlar Osiyo o‘yinlari loyihasini qurish ishlariga mas'ul bo‘lgan "China CAMC Engineering" kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tashkilot bosh direktori Li Xaysin bilan muloqot chog‘ida Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayonlari hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari Pekindagi CNSG kompaniyasi ofisida bo‘lib, mazkur tashkilot rahbarlari bilan uchrashdilar. Kompaniya bo‘lajak musobaqalarni tashkiliy hamda ma'muriy jihatdan o‘tkazishda o‘z xizmatlarini taklif qildi. Ikki tomonlama uchrashuvlarda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, hamkorlikning yangi jihatlari ko‘rib chiqildi.
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy bo‘ylab amaliy tashrifi davom etmoqda. Rasmiy vakillar navbatdagi manzil sifatida yaqinda Butunjahon yozgi Universiadasiga mezbonlik qilgan Chendu shahriga yo‘l olib, u yerdagi sport infratuzilmasini yaqindan o‘rganmoqdalar.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An Nassr" klubiga o'tgani rasman e'lon qilindi.
0 0
Rossiyalik baydarqachi Svetlana Chernigovskaya Samarqanddagi JCh oldidan federatsiya qo'ygan shartlarni keskin tanqid qildi.
0 0
Sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy RFS akademiyasida murabbiylik litsenziyasini olish doirasida "Spartak"da stajirovka o'tashini aytdi.
0 0
Rossiya Davlat Dumasi vise-spikeri Vladislav Fan ID tizimini bekor qilib, uning o‘rniga Migrant ID joriy etishni taklif qildi.
0 0