
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Adliya vazirligi respublika bo'yicha fuqarolar va tadbirkorlardan ortiqcha hujjat talab qilgan davlat idoralarini aniqladi.
Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko'rsatish tartiblariga qay darajada rioya etilayotgani yuzasidan respublika miqyosida maxsus o'rganish ishlari olib borildi. Ushbu nazorat tadbirlari natijasida ayrim vazirlik va idoralar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda ish tutgani ma'lum bo'ldi.
Aniqlanishicha, ayrim tashkilotlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilish chog'ida asossiz ravishda ko'plab ortiqcha hujjatlarni talab qilishgan. Bu esa aholi va tadbirkorlar uchun ortiqcha ovvoragarchiliklarni keltirib chiqargan.
Xususan, o'rganish natijalariga ko'ra, eng ko'p qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan idoralar ro'yxati shakllantirildi. Jumladan, «O'zsuvta'minot» aksiyadorlik jamiyati 600 tadan ortiq, «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati эса 300 tadan ortiq ortiqcha hujjat so'ragani aniqlangan.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 50 tadan ortiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 40 tadan ortiq holatda shunday kamchiliklarga yo'l qo'ygan. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining har birida esa 20 tadan ziyod shunday holatlar qayd etilgan.
Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari va qonunchilik talablarini buzganlik uchun Adliya vazirligi tomonidan yuqoridagi barcha vazirlik va tashkilotlarga nisbatan qонуний ta'sir choralari ko'rildi. Xususan, ularga tegishli taqdimnomalar va ogohlnomalar kiritilib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2