
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

NVIDIA kompaniyasi CES 2024 ko'rgazmasida yangi GeForce RTX 40 Super videokartalar seriyasini namoyish etishi mumkin.
VideoCardz manbalariga tayanib xabar berishicha, NVIDIA kompaniyasining Las-Vegasda bo'lib o'tadigan CES 2024 ko'rgazmasidagi maxsus chiqishi kelasi yilning 8-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat ertalab 8:00 da boshlanadi. Rasmiy rejalarga ko'ra, mazkur tadbir NVIDIA Special Address deb nomlangan bo'lib, u 9-yanvarda o'z ishini boshlaydigan ko'rgazmaning rasmiy ochilishidan oldin o'tkaziladi.
Mutaxassislar ushbu taqdimot doirasida uchta yangi modelni o'z ichiga olgan GeForce RTX 40 Super videokartalar oilasi haqida asosiy yangiliklar aytilishini taxmin qilishmoqda. Yangi qatordagi flagman model — GeForce RTX 4080 Super RTX 4090 dan bir pog'ona pastda joylashib, AD103-400 grafik protsessori, 10240 ta CUDA yadrosi va 16 gigabaytlik GDDR6X xotirasi bilan jihozlanishi kutilmoqda.
GeForce RTX 4080 hamda GeForce RTX 4070 Ti modellari orasidan o'rin egallaydigan GeForce RTX 4070 Ti Super esa AD102-175 yoki AD103-275 chiplariga ega bo'lishi mumkin. Bu model 8448 ta CUDA yadrosi va 16 GB GDDR6X xotirasi bilan ta'minlanadi. Ushbu ikkala videokarta 256 razryadli shinaga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.
Seriyadagi eng kenja model — GeForce RTX 4070 Super esa 192 razryadli shinali 12 gigabaytlik GDDR6X xotirasi bilan kifoyalanadi. Uning asosini AD103-175 yoki 7168 ta CUDA yadrosiga ega AD104-350 chipi tashkil etishi kutilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2