
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

The Day Before o'yini yaratuvchisi Fntastic studiyasi og'ir moliyaviy ahvol va muvaffaqiyatsiz relizdan keyin yopildi.
Mashhur The Day Before o'yini ortida turgan va Yakutistonda faoliyat yuritgan Fntastic studiyasi o'zining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali yopilayotganini ma'lum qildi. Kompaniyaning bildirishicha, bunga og'ir moliyaviy ahvol va loyihaning kelgusidagi ishlarini davom ettirish uchun mablag'ning yo'qligi sabab bo'lgan. Garchi dasturchilar o'yinning to'liq salohiyatini ochib beruvchi yamalarni chiqarishni rejalashtirgan bo'lsada, moliyaviy taqchillik bunga imkon bermadi. Shuningdek, ular loyihani tayyorlash davomida o'yinchilardan mablag' yig'magani, ya'ni oldindan buyurtmalar va kraudfanding kampaniyalari o'tkazilmaganini eslatib o'tdi.
The Day Before Steam platformasida sotuvga chiqqanidan atigi to'rt kun o'tgach, butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ushbu davr mobaynida 20 mingdan ortiq foydalanuvchi baho bergan bo'lib, ularning atigi 16 foizi ijobiy sharh yozgan. Dastlabki paytlarda 38 mingdan oshiq bo'lgan bir vaqtning o'zida o'ynovchilar soni keskin tushib ketib, atigi 750 nafarni tashkil qildi. Sotuvlar hisobotiga ko'ra, jami 200 ming nusxa sotilgan bo'lsa, shundan 90 mingtasi qaytarib berilgan. Ushbu ko'rsatkichlar dastlabki ikki kunlik holatni aks ettiradi, shundan so'ng o'yinni sotib olishni butunlay to'xtatishgan.
Mazkur loyiha ilk bor 2021-yilning fevral oyida IGN Fan Fest doirasida e'lon qilingan va o'sha paytdayoq o'yinchilar e'tiborini tortgandi. Qishki mavsumdagi postapokaliptik megalopoliss ko'rinishidagi treyler yuqori darajadagi grafika va detallari bilan ajralib turgandi. Natijada loyiha Steam'da xohishlar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Biroq shundan so'ng chiqish sanasi bir necha bor o'zgartirildi. Dastlab 2022-yilning iyuniga belgilangan sana Unreal Engine 5 dvigateliga o'tish sababli 2023-yilning martiga ko'chirildi. Keyinchalik brend huquqi bilan bog'liq muammolar va sahifaning bloklanishi sababli reliz yana kechiktirildi.
2023-yil noyabr boshida yakuniy treyler taqdim etilib, chiqarilish sanasi dekabr oyining boshiga belgilandi. Biroq dekabrda ilk bor erta kirish rejimida chiqqan o'yin o'yinchilarni ko'plab xatolar va texnik muammolar bilan kutib oldi. Bu esa uni deyarli o'ynab bo'lmaydigan holatga keltirib qo'ydi va studiyaning yakuniy yopilishiga olib keldi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2