UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Bitkoin sun'iy intellekt va inqirozdan qanday yutadi? 🤖

1 daqiqa 2
Telegram
Bitkoin sun'iy intellekt va inqirozdan qanday yutadi? 🤖

Bitwise direktori Mett Xougan iqtisodiy ssenariylar qanday bo'lishidan qat'iy nazar, Bitkoin baribir foyda ko'rishini ta'kidladi.

Bitwise kriptoaktivlarni boshqarish kompaniyasining investisiya direktori Mett Xougan global iqtisodiyotning kelajagi haqidagi so'nggi hisobotida Bitkoin har qanday iqtisodiy sharoitda g'olib chiqishini bildirdi. Uning tahliliga ko'ra, dunyo qaysi yo'ldan borishidan qat'i nazar, barcha ehtimoliy ssenariylar oxir-oqibat raqamli aktivga bo'lgan talabning oshishiga olib keladi.

Birinchi ehtimoliy yo'nalish sifatida sun'iy intellekt evaziga iqtisodiy mo'l-ko'lchilik davri keltirilgan. Bu ssenariyda texnologiyalar mahsulotlar tannarxini pasaytirib, unumdorlikni keskin oshiradi. Bunday sharoitda taklifi qat'iy ravishda 21 million dona bilan cheklangan Bitkoin kabi mutlaq taqchil aktivlarning jozibadorligi yanada ortishi kutilmoqda.

Ikkinchi ssenariy esa moliyaviy tanazzul va inqiroz xavfi bilan bog'liq. Agar sun'iy intellekt sohasidagi investisiyalar yoki kredit bozorlari qulab tushsa, hukumatlar va markaziy banklar iqtisodiyotni qutqarish uchun yana pul emissiyasi va rag'batlantiruvchi choralarga qo'l urishi mumkin. Xougan bunday muhit Bitkoin uchun foydali bo'lishini, biroq vahima davrida uning kursi dastlab keskin tushib ketishi mumkinligini ta'kidlaydi.

Uchinchi ssenariyga ko'ra, iqtisodiyot yiliga taxminan 3 foiz atrofida o'sishda davom etib, foiz stavkalari 4 foiz atrofida saqlansa ham, institutsional qabul qilish asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. AQShdagi споt Bitkoin-ETF'lari uchinchi chorakda katta hajmda sof mablag' jalb qildi, kompaniyalar o'z balansiga kriptovalyuta qo'shmoqda va davlat sektoridan ham qiziqish ortib bormoqda.

Shu bilan birga, mutaxassis inflyasiya va stavkalar o'zgarishi sababli qisqa muddatli keskin tuzatishlar bo'lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Shuningdek, Charles Schwab kompaniyasi 40 million mijoziga Bitkoin va Ethereum savdosini ochib, yaqinda Solana, Avalanche va Chainlink'ni ham qo'shishini ma'lum qildi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin