UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

AQSh va Malayziya yarimo'tkazgichlar bo'yicha kelishadi 🤝

1 daqiqa 2
Telegram
AQSh va Malayziya yarimo'tkazgichlar bo'yicha kelishadi 🤝

AQSh va Malayziya yarimo'tkazgichlar yetkazib berishdagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida kelasi yili hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Malayziya Tayvan kabi global yarimo'tkazgichlar markazi maqomiga ega bo'lmasa-da, jahon yarimo'tkazgichlar bozori aylanmasining o'ndan bir qismidan ko'prog'i aynan shu mamlakat hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda ko'plab soha korxonalarining mikroprosessorlarni sinovdan o'tkazish va qadoqlash obyektlari joylashgan bo'lib, tovar ayirboshlashda faol qatnashadigan rivojlangan logistika infratuzilmasi ham mavjud.

Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh savdo vaziri Jina Raymondoning Malayziyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida mahalliy hamkasb bilan muhim kelishuvga erishildi. Tomonlar kelasi yilning boshida yarimo'tkazgichlar komponentlarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib olishdi.

Avvalroq Malayziya sanoat vakillari tarkibiy qismlar taqchilligi yana bir necha yilga cho'zilib ketish ehtimolidan o'z xavotirlarini bildirishgan edi. Biroq Amerika rasmiylari bunchalik uzoq kutish niyatida emas va chip taqchilligini normallashtirish jarayonini ma'muriy choralar orqali tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Xususan, rasmiylar yarimo'tkazgichlar komponentlari yetkazib berish jarayonida nima sodir bo'layotganini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi ko'proq ma'lumot olishni maqsad qilgan. Ushbu hamkorlik kelgusida ta'minotdagi uzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan muhim qadam bo'lishi kutilmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin