UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Dunyoning eng yirik mudofaa budjetlari 🛡️

1 daqiqa 0
Telegram
Dunyoning eng yirik mudofaa budjetlari 🛡️

SIPRI maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda global harbiy xarajatlar 2 trillion dollardan oshib, AQSh, Xitoy va Hindiston yetakchilik qilgani maʼlum boʻldi.

Stokholm tinchlikni o‘rganish xalqaro instituti (SIPRI) eʼlon qilgan hisobotga ko‘ra, 2021-yilda global harbiy xarajatlar miqdori rekord darajaga ko‘tarilib, tarixda ilk bor 2 trillion dollardan oshdi va 2 113 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu davrda dunyo bo‘yicha eng yirik mudofaa budjetiga ega bo‘lgan beshta davlat – AQSh, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya bo‘ldi. Mazkur mamlakatlar birgalikda global harbiy xarajatlarning 62 foizini taʼminladi.

AQSh mudofaa xarajatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda. 2021-ilda bu ko‘rsatkich 801 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, 2020-yilga nisbatan 1,4 foizga kamaygan. Oxirgi o‘n yillikda AQSh qurol sotib olishga ajratiladigan mablag‘ni qisqartirgan holda, harbiy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarmoyani oshirgan. Mutaxassislarning fikricha, bu holat mamlakat armiyasining strategik raqobatchilardan texnologik ustunligini saqlab qolish va yangi avlod texnologiyalariga eʼtibor qaratish zaruriyati bilan bog‘liq.

Reytingda ikkinchi pog‘onani band etgan Xitoy o‘z mudofaa budjetini ketma-ket 27 yil davomida oshirib kelmoqda. Pekin 2021-yilda armiyani qurollantirish va modernizatsiya qilish uchun 293 milliard dollar atrofida mablag‘ yo‘naltirdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4,7 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishi fonida Xitoyning harbiy xarajatlarining YAIMga nisbatan ulushi 1,7 foizgacha pasaygan.

Uchinchi o‘rinni egallagan Hindistonning harbiy xarajatlari 2021-yilda 0,9 foizga o‘sib, 76,6 milliard dollarga yetdi. To‘rtinchi o‘rindagi Buyuk Britaniya esa o‘tgan yili mudofaa uchun 68,4 milliard dollar sarflagan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya dunyodagi eng yirik harbiy budjetga ega davlatlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin