
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Google sun'iy intellekt bo'yicha yangilangan tamoyillaridan harbiy maqsadlarda foydalanmaslik haqidagi bandni olib tashladi.
Sun'iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, ushbu vositalarning jamiyatga ta'siri va xavfsizlik masalalari tobora dolzarblashmoqda. Xususan, ChatGPT va DeepSeek kabi ommabop chat-botlarning paydo bo'lishi tarmoqda desinflormatsiya, shaxsiy ma'fumlarning sizib chiqishi hamda texnologiyalardan harbiy maqsadlarda foydalanish xavotirlarini kuchaytirdi. Shuning uchun yetakchi kompaniyalar ushbu sohada xavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratishmoqda.
Google kompaniyasi so'nggi olti yil davomida har yili mas'uliyatli sun'iy intellekt bo'yicha maxsus hisobot chop etib keladi. Jumladan, 2024 yilda korxona o'zining ilg'or modellaridagi xavflarni aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan Frontier Safety Framework protokollarini yangiladi. Ushbu yangilangan hujjat xavfsizlikni oshirish bo'yicha tavsiyalar, tizimlarni joriy etishdagi xatarlarni kamaytirish tartib-qoidalari hamda ularni suiiste'mol qilishning oldini olish chora-tadbirlarini o'z ichiga oladi.
Shuningdek, Google demokratik davlatlarning sun'iy intellekt sohasida yetakchi bo'lishi muhimligini ta'kidlab, erkinlik, tenglik va inson huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga tayanadi. Shu doirada kompaniya o'zining ilk bor 2018 yilda e'lon qilingan sun'iy intellekt tamoyillarini ham yangilab chiqdi.
Biroq yangilangan qoidalarda ilgari mavjud bo'lgan qurol-yarog' ishlab chiqishda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanmaslik haqidagi band yo'qolgani e'tiborga molikdir. Oldinlari Google asosiy maqsadi insonlarga zarar yetkazish bo'lgan texnologiyalarda sun'iy intellektni yaratmasligi yoki tatbiq etmasligini ochiq aytgan edi. Hozirga kelib esa kompaniya uchta asosiy yo'nalishga e'tibor qaratishini bildirdi: dadil innovatsiyalar, mas'uliyatli tarzda ishlab chiqish hamda joriy etish, shuningdek, umumiy taraqqiyot.
Mazkur pozitsiya o'zgarishi bo'yicha Google rasmiy izoh berishdan o'zini tiydi. Qizig'i shundaki, avvallari kompaniya xodimlari sun'iy intellektning harbiylar tomonidan ishlatilishiga qarshi chiqishgan edi. Masalan, 2018 yilda to'rt mingga yaqin xodim AQSh Mudofaa vazirligi bilan dron ma'lumotlarini tahlil qilishga qaratilgan Maven loyihasi bo'yicha shartnomani bekor qilishni talab qilib imzo to'plagan. O'tgan yili ham Google DeepMind xodimlari sun'iy intellekt tamoyillariga tayanib, harbiy tashkilotlar bilan aloqalarni uzishga chaqirishgan edi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2