UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi 🚨

1 daqiqa 0
Telegram
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi 🚨

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov yanvar oyi boshidagi tartibsizliklar vaqtidagi harakatsizligi uchun hibsga olindi.

Qozog‘istonda mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 20 fevral kuni rasman hibsga olindi. Bu haqda OAV xabarlariga tayanib ma'lum qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, sobiq vazir ertalab soat 9:25 atrofida qo‘lga olingan va shundan so‘ng darhol Nursulton shahridagi maxsus vaqtincha saqlash izolatoriga olib borib joylashtirilgan.

Mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining hokimiyat harakatsizligini nazarda tutuvchi 452-moddasi asosida tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida aniqlanishicha, yanvar oyining boshlarida respublikada yuz bergan tartibsizliklar davrida Murat Bektanov sodir etilgan jinoyatlarga e'tibor qaratmagan va davlatni himoya qilish maqsadida qurolli kuchlarni safarbar qilmagan.

Avvalroq, davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi o‘sha murakkab voqealar chog‘ida o‘z vazifasini bajarmasdan harakatsiz qolgani uchun Murat Bektanovni 19 yanvar kuni egallab turgan lavozimidan iste'foga chiqargan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin