UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Xorvatiyadagi mashhur plyajda xavf aniqlandi ⚠️

1 daqiqa 0
Telegram
Xorvatiyadagi mashhur plyajda xavf aniqlandi ⚠️

Xorvatiyaning Vranjic qishlog‘idagi mashhur plyajda asbest zararkunandasi borligi aytilmoqda, biroq rasmiylar buni rad etmoqda.

Xorvatiya go‘zal tabati, betakror milliy bog‘lari va sokin qo‘ltiqlari bilan sayyohlarning sevimli maskani bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, Split shahri va uning atrofidagi go‘zal plyajlar ko‘pchilikning diqqat markazida. Biroq so‘nggi paytlarda ana shunday mashhur dam olish maskanlaridan biri bo‘lgan plyaj bo‘yicha jiddiy xavotirlar bildirilib, mahalliy aholi tomonidan ogohlantirishlar eʼlon qilinmoqda.

Gap "Kichik Venetsiya" deb ataluvchi Vranjic qishlog‘idagi plyaj haqida bormoqda. Mintaqadagi Kosica plyajida dam oluvchilar o‘ta zaharli modda bo‘lgan asbest taʼsiriga tushib qolayotgani taxmin qilinmoqda. Atrof-muhit agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, asbest o‘ta xavfli va saraton keltirib chiqaruvchi kanserogen modda hisoblanadi. Uning mayda tolalarini nafas olish oqibatida o‘pka va nafas yo‘llarining og‘ir kasalliklari, jumladan, pnevmokonioz hamda ko‘krak yoki qorin parda saratoni yuzaga kelishi mumkin.

"Mjesto Koje Hoće Živjeti" deb nomlangan fuqarolik tashabbusi guruhi to‘rt yildan buyon Kosica plyaji xavfli moddalar bilan zararlangani haqida ogohlantirib kelmoqda. Faollarning taʼkidlashicha, plyaj yaqinida yillar davomida sement zavodi faoliyat yuritgan va o‘zining zaharli chiqindilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga oqizgan. Xorvatiyaning Morski portaliga ko‘ra, mazkur guruh hozirda erkin foydalaniladigan jamoat qirg‘oq qismini hech bo‘lmaganda to‘siq bilan o‘rashni talab qilmoqda.

Biroq shahar hokimi Dalibor Ninčević mazkur plyajda odamlar uchun hech qanday xavf yo‘qligini taʼkidlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus tekshiruvlar o‘tkazilib, uchta zond yordamida hudud o‘rganilgan va ushbu qismdan asest topilmagan. Agar fuqarolarda qandaydir shubhalar bo‘lsa, ular istalgan vaqtda tegishli muassasalarga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, shahar maʼmuriyati plyajni tozalash ishlariga masʼul emasligi, shu bois qirg‘oq bo‘yini to‘sishga yoki fuqarolarning cho‘milishini taqiqlashga haqqi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin