
CoinGecko maʼlumotlariga koʻra The Open Network tarmogʻidagi asosiy kriptovalyutalar va ularning bozor qiymati eʼlon qilindi.
0 2

Binance birjasi olti yillik faoliyatdan so'ng o'zining mayning-puli va bir nechta qo'shimcha xizmatlarini yopishini e'lon qildi.
Dunyodagi yirik kriptovalyuta birjalaridan biri bo'lgan Binance o'zining mayning-puli faoliyatiga yakun yasashini e'lon qildi. Joriy yilning 10-noyabr sanasidan boshlab mazkur pul qurilmalardan uziladi, shuningdek, birja qazib olish natijalarini hisobga olishni hamda mukofotlar taqdim etishni to'xtatadi.
Qayd etilishicha, asosiy pul bilan birga Cloud Mining bulutli mayning xizmati, Pool Savings jamg'arma mahsuloti va Transaction Accelerator tranzaksiyalar tezlatgichi ham yopiladi. Shu bilan birga, API interfeyslari, xeshreyt bildirishnomalari va boshqa barcha bog'liq funksiyalar o'z faoliyatini to'xtatadi.
Ushbu o'zgarishlar munosabati bilan birja maynerlarga o'z qurilmalarining hisoblash quvvatlarini boshqa pullarga o'z vaqtida yo'naltirishni tavsiya qildi. Bu uskunalar faoliyatida uzilishlar kelib chiqishining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, Pool Savings xizmatida faol pozitsiyalariga ega mijozlarga xizmat ko'rsatish to'xtatilishidan oldin obunani bekor qilib, mablag'larini chiqarib olish so'raldi.
Kompaniya vakillarining ma'lumotiga ko'ra, barcha to'lanmagan mukofotlar, qoldiq mablag'lar va tegishli qaytarishlar xizmat yopilgach, tegishli tekshiruvlar va shartlarga asosan ko'rib chiqiladi. Mayning tarixiy ma'lumotlari, operatsiyalar va to'lovlar 24-noyabrgacha ochiq qoladi, shundan so'ng barcha sahifalar butunlay o'chiriladi.
Ma'lumot uchun, Binance o'z mayning-pulini 2020-yilning aprel oyida ishga tushirgan bo'lib, dastlab faqat Bitcoin qazib olishni qo'llab-quvvatlagan, keyinchalik esa xizmatlar ko'lami kengaytirilgan edi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

CoinGecko maʼlumotlariga koʻra The Open Network tarmogʻidagi asosiy kriptovalyutalar va ularning bozor qiymati eʼlon qilindi.
0 2

Fidelity Investments kompaniyasi AQShda Ethereum kriptovalyutasiga asoslangan birja fondini (ETF) ochish uchun rasmiy ariza topshirdi.
0 2
Moliyaviy agentliklar Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Finlandiyaning soʻnggi iqtisodiy va statistik koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.
0 2

Google kompaniyasi Tensor G6 chipiga ega yangi Pixel 11 smartfonlar turkumini, narxlari va sotuvga chiqish sanalarini e'lon qildi.
0 2