UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

AQSh MTR Binance'ga qarshi tergovni davom ettirmoqda ⚖️

1 daqiqa 0
Telegram
AQSh MTR Binance'ga qarshi tergovni davom ettirmoqda ⚖️

AQSh Adliya vazirligi Binance birjasiga qarshi tergov davom etayotganini tasdiqladi, kelishuv shartlari buzilsa milliardlab jarima xavfi bor.

AQSh Adliya vazirligining jinoiy boshqarmasi rahbari Taysen Duva Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Binance kriptovajuta birjasiga nisbatan tekshiruvlar davom etayotganini ma'lum qildi. Biroq amaldor tergovning tafsilotlari bo'yicha izoh berishdan bosh tortib, birja tomonidan qoidabuzarliklar sodir etilgani aniqlangan yoki aniqlanmaganiga aniqlik kiritmadi. Hozirda ushbu ish bilan Vashingtondagi Adliya vazirligining jinoiy boshqarmasi hamda Mantehatten prokuraturasi shug'ullanmoqda.

Xususan, sentabr oyida Manhetten prokuraturasi kriptovajutadagi 61 million dollarni musodara qilishni talab qilgan edi. Tergov versiyasiga ko'ra, mazkur mablag'lar Eron neftining noqonuniy savdosidan kelib tushgan va ularni o'tkazish uchun Binance'ning korporativ hisobvaraqlari qo'llanilgan. Shunga qaramay, mazkur holat yuzasidan birjaning o'ziga yoki uning xodimlariga rasmiy ayblovlar e'lon qilingani yo'q.

O'z navbatida, Binance vakillari Amerika huquq-tartibot idoralari bilan to'liq hamkorlik qilinayotganini bildirdi. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, hozirda qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan 1500 dan ortiq xodim, ya'ni umumiy shtatning qariyb to'rtdan bir qismi shug'ullanmoqda.

Agar AQSh Adliya vazirligi tuzilgan kelishuv shartlari buzilganini isbotlab bersa, Amerika rasmiylari 2023-yilda hal etilgan jinoiy ayblovlarga yana qaytish huquqiga ega bo'ladi. Bunday ssenariy yuzaga kelgan taqdirda, kriptovajuta birjasi yangi sud jarayonlari va milliardlab dollarlik jarimalarga duch kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2023-yilning noyabr oyida Binance AQSh mijozlariga tegishli ro'yxatdan o'tmasdan xizmat ko'rsatganini hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash talablarini buzganini tan olgan edi. O'shanda Amerika hukumati bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq, birja 4,3 milliard dollar miqdorida jarima to'lash, shubhali operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda qonunchilik potensial buzilishlari haqida xabar berish majburiyatini olgan edi. Shuningdek, avvalroq 11 nafar AQSh senatoridan iborat guruh Eronga aloqador bo'lishi mumkin bo'lgan kriptovajuta o'tkazmalari haqidagi xabarlardan so'ng, birjani sanksiyalarga rioya etishini tekshirishga chaqirgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin