UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Samsung S24 Ultra kamerasiga yangilanish 📸

1 daqiqa 0
Telegram
Samsung S24 Ultra kamerasiga yangilanish 📸

Samsung Galaxy S24 Ultra smartfoni uchun avgust oyida kutilayotgan yirik kamera yangilanishi bir qator xatolarni tuzatadi.

Oradan olti oydan sal ko'proq vaqt o'tgan Samsung Galaxy S24 Ultra smartfoni uchun yana bir yirik kamera yangilanishi tayyorlanmoqda. Bu haqda o'zining ishonchli xabarlari bilan tanilgan Ice Universe ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi. Avgust oyi xavfsizlik patchi bilan birga taqdim etilishi kutilayotgan ushbu yangilanish qurilmaning to'rt kamerali tizimidagi bir nechta muammoli jihatlarni hal qilishi kutilmoqda.

Insayderning so'zlariga ko'ra, kelgusi yangilanish qator muhim yo'nalishlarni qamrab oladi. Xususan, oq balansini optimallashtirish, HDR suratlarini yaxshilash, suratlardagi ortiqcha ishlov berishni kamaytirish hamda o'ta yorug'lik holatlarini bartaraf etish ko'zda tutilgan. Shuningdek, kadrlardagi yuzlarni tabiiyroq ko'rsatish va videoni yaqinlashtirish jarayonini yaxshilash ustida ham ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan bir birga, hatto ushbu yangilanishdan keyin ham Samsung hal qilishi kerak bo'lgan ikkita soha qolayotgani ta'kidlandi. Bular telefoto sifati hamda 10 barobardan yuqori zoom darajasidagi tungi rejim hisoblanadi. Hozircha ushbu o'zgarishlar faqat Ultra modeliga tegishlimi yoki Galaxy S24 va S24+ modellariga ham ta'sir qiladimi, bu haqda aniq ma'lumot mavjud emas.

Ice Universe allaqachon avgust oyida keng miqyosda tarqatilishi kutilayotgan yangilanishning erta beta-versiyasi bilan tanishishga ulgurgan ko'rinadi. Tarmoqda e'lon qilingan oldingi va keyingi taqqoslashlar yangilanish natijasida oq balansi ancha tabiiylashganini ko'rsatmoqda. Xususan, osmon rangidagi va qizaloq yuzidagi sariq tuslar kamaygani qayd etilgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin