UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg'asi yuborildi 🎁

1 daqiqa 0
Telegram
Qodirovga Shavkat Mirziyoyev sovg'asi yuborildi 🎁

Ramazon hayiti arafasida Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyev nomidan Poyi-Kalonga bag'ishlangan 3D surat sovg'a qilindi.

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan O'zbekiston rasmiy delegatsiyasi Checheniston Respublikasiga safar uyushtirdi. Tashrif davomida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuborilgan samimiy tabriklar hamda maxsus esdalik sovg'asi topshirildi. Bu haqda Checheniston rahbari o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Delegatsiya tomonidan Ramzan Qodirovga "Poyi-Kalon ansambli"ning uch o'lchamli (3D) maxsus surati taqdim etildi. Mazkur me'moriy majmua Buxoro shahrida joylashgan bo'lib, uning tarkibiga kiruvchi Mir Arab madrasasida Chechenistonning birinchi prezidenti, Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Hoji Qodirov tahsil olgani alohida ahamiyatga ega.

E'lon qilingan videolavhalardan ma'lum bo'lishicha, taqdim etilgan noyob sovg'a yuksak mahorat bilan tayyorlangan. Xususan, u 929 probali 3,4 kilogramm og'irlikdagi sof kumushdan yasalgan bo'lib, majmuaning maydoni va gumbaz qismlariga 999 probali oltin suvi yuritilgan.

Checheniston rahbari Shavkat Mirziyoyevga yuborilgan tabrik hamda O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi samarali hamkorlik, shuningdek, ikki tomonlama siyosiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi uchun o'z minnatdorchiligini izhor etdi. Shuningdek, Ramzan Qodirov butun O'zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon hayiti ayyomi bilan tabrikladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin