
Apple kompaniyasi App Store platformasida bir qator davlatlar uchun soliq va narxlar siyosatida o'zgarishlar bo'lishini e'lon qildi.
0 0

O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirish narxlarini pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi va ijobiy o‘zgarishlar kutilmoqda.
Havo harorati ko‘tarilib, yoz fasli boshlanishi bilan avtomobillar oynalarini qoraytirish masalasi jamoatchilik e’tibor markaziga chiqadi. Joylarda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va yoshlar tomonidan aynan shu mavzuda ko‘plab murojaatlar kelib tushishi odatiy holga aylangan.
Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev va uning hamkasbi Bahrom Rahmonaliyev tonirovka xizmati narxlarini pasaytirish bo‘yicha bir nechta takliflarni ishlab chiqishgan. Ushbu tashabbuslarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldin, deputatlar Ichki ishlar vazirligiga rasmiy so‘rov yuborib, ularning munosabatini bildirishlarini so‘ragan edilar.
Ko‘p o‘tmay Ichki ishlar vazirligidan javob xati kelgan bo‘lib, unda deputatlarning aniq takliflariga bevosita munosabat bildirilmagani qayd etilgan. Shunga qaramay, xatda ijobiy mazmundagi muhim ma’lumot ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra hozirda Prezident Administratsiyasi tomonidan tonirovka narxlarini pasaytirishga qaratilgan qaror loyihasi tayyorlangan.
Vazirlik mazkur loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini taqdim etgan. Deputatning fikricha, avtomobil oynalarini qoraytirish cheklovlari butunlay olib tashlanmasa ham, belgilangan narxlar yaqin orada sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Apple kompaniyasi App Store platformasida bir qator davlatlar uchun soliq va narxlar siyosatida o'zgarishlar bo'lishini e'lon qildi.
0 0

Markaziy bank oltin quymalarni sotishning iqtisodiy samarasi, dollarlashuvni pasaytirishi va joriy narxlari haqida ma’lumot berdi.
0 0

AQSHda yashovchi psixiatr bank xodimlari raqamlarni xato kiritishi natijasida 15 daqiqaga 2,45 milliard dollarlik milliarderga aylandi.
0 0

Xitoyda hasharotlar hujayrasiga asoslangan koronavirusga qarshi yangi vaksinani insonlarda sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi.
0 0