
Texnologiya olamidagi soʻnggi yangiliklar, jumladan yangi maʼlumotlar markazlari, sunʼiy intellekt platformalari va server xotiralari sharhi.
0 0

Toshkentda uch yoshli bolani o'ldirgan shaxsga sud hukmi o'qilib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Toshkent shahrida uch yoshli bolaning qotiliga nisbatan sud jarayoni o'z nihoyasiga yetib, qonuniy hukm e'lon qilindi. Avvalroq, qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan ayolning oldingi turmuşidan tug'ilgan farzandini vahshiylarcha o'ldirgan shaxs qo'lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudida ushbu jinoyat ishini birinchi instansiyada ko'rib chiqish bo'yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. Sudya S. Abdug'aniev raisligida o'tgan ochiq sudda 1993 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan S.M. ga oid jinoyat ishi ko'rib chiqildi va yakuniy qaror chiqarildi.
E'lon qilingan sud hukmiga muvofiq, sudlanuvchi S.M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, 25,97-moddasi, 219-moddasi 2-qismi hamda 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu bilan birgalikda, Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan, sudlanuvchiga tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmada saqlash va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o'tatish belgilab qo'yildi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Texnologiya olamidagi soʻnggi yangiliklar, jumladan yangi maʼlumotlar markazlari, sunʼiy intellekt platformalari va server xotiralari sharhi.
0 0

AMD Radeon Software Adrenalin 24.7.1 WHQL drayveri chiqdi: yangi o'yinlar, Dota 2 uchun Anti-Lag 2 va unumdorlik oshishi.
0 0

Saytdagi faollik uchun bonuslar to'plash, Steam balansini to'ldirish va fayllarni reklamasiz yuklab olish imkoniyatlari taqdim etiladi.
0 0

Apple o'zining kitob shaklidagi ilk buklama smartfoni iPhone Duo'ni taqdim etdi, qurilma yangi iOS 27 va yirik ekranlar bilan jihozlangan.
0 0