
Texnologiya olamidagi so'nggi yangiliklar, shu jumladan Microsoft, NVIDIA, Intel va AMD qurilmalari hamda dasturiy ta'minot yangilanishlari.
0 0

Markaziy bank O'zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va milliy tizim ham joriy etilishi mumkin.
O'zbekistonda xalqaro miqyosdagi PayPal to'lov tizimiga rasman ruxsat berilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Hozirgi kunda Markaziy bank ushbu tizim vakillari bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga, mamlakat ichida mazkur xizmatga raqobatdosh bo'lgan o'zimizning milliy pul o'tkazish tizimimizni ham joriy qilish masalasi o'rganilmoqda.
Mazkur ma'lumot axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sodikov tomonidan IT-parkda jurnalistlar va bloggerlar bilan o'tkazilgan muloqot chog'ida aytib o'tildi. Uchrashuv davomida O'zbekiston fuqarolari va ayniqsa frilanserlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida PayPal tizimini mamlakatimizda ishga tushirish masalasi o'rtaga tashlandi.
Vazirning ta'kidlashicha, mazkur masala faqat bitta vazirlik vakolatiga kiruvchi vazifa emas. U to'g'ridan-to'g'ri Markaziy bank tomonidan hal etilishi lozim bo'lib, idoralararo kelishuv asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, PayPal kompaniyasining turli davlatlar oldiga qo'yadigan o'ziga xos talablari va Markaziy bank zimmasiga tushadigan mas'uliyat jihatlari ham mavjud.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq, 2018 yilda ushbu tizim nima sababdan O'zbekistonda ishlay olmasligi tushuntirilgandi. O'sha vaqtda milliy qonunchilik jismoniy shaxslarga mablag'larni xorijiy valyutada saqlashga yo'l qo'ymasligi, elektron hamyonlar esa chet eldagi hisobvaraqlarga tenglashtirilishi sabab bo'lgan. Keyinchalik, 2019 yilning oktyabr oyida qonunchilikka tegishli o'zgartirishlar kiritilib, fuqarolarga xorijda hisob raqam ochishga ruxsat berildi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunga kelib ham O'zbekiston Markaziy Osiyoda PayPal tizimiga ulanmagan yagona davlatligicha qolmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Texnologiya olamidagi so'nggi yangiliklar, shu jumladan Microsoft, NVIDIA, Intel va AMD qurilmalari hamda dasturiy ta'minot yangilanishlari.
0 0

Samsung Galaxy S27 Ultra smartfonida 60W quvvat darajasini saqlagan holda zaryadlash vaqtini qisqartirish uchun yangi optimizatsiyalarni joriy etadi.
0 0

2020 yil 25 may holatiga ko'ra O'zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 3189 nafarga yetdi, shundan 2607 nafari sog'aydi.
0 0

Профессор Шуҳрат Иргашев тўғри овқатланиш ва кунига беш маҳал таомланиш қоидалари ҳақида батафсил маълумот берди.
0 0