
Samsung Exynos 2600, Apple aqlli ko‘zoynaklari, Xiaomi Pad Mini va boshqa so‘nggi texnologiya yangiliklari bilan tanishing.
0 0

Germaniyaning Solingen shahrida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yongin ishi bo‘yicha nemis fuqarosi hibsga olindi.
Germaniyaning Solingen shahrida ikki nafari go‘dak bo‘lgan to‘rt nafar turk millatiga mansub Bolgariya fuqarosining hayotiga zomin bo‘lgan fojiali yongin yuzasidan gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Rasmiylar Germaniya fuqarosi bo‘lgan Daniel S. ismli shaxs binoga qasddan o‘t qo‘yganlikda gumon qilinib hibsga olinganini ma'lum qilishdi.
Vuppertal prokurori Heribert Kaune-Gebhardtning bildirishicha, 39 yoshli gumonlanuvchi 8-aprel kuni boshqa bir janjalli voqeada boshqa bir shaxsni jarohatlagani ortidan hibsga olingan edi. Keyinchalik esa uning Solingondagi yongin voqeasiga ham aloqadorligi aniqlangan. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs ilgari o‘sha yongin sodir bo‘lgan binoda istiqomat qilgan va ijara haqini to‘lamagani sababli u yerdan chiqarib yuborilgan.
Tergov organlari asosiy e'tiborni jinoyat qasos olish niyatida sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi versiyasiga qaratmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni sodir bo‘lgan mushtlashuvda o‘z tanishini og‘ir yaralagan shaxs hibsga olingan bo‘lib, bu voqea ikki hafta oldingi yonginga bevosita bog‘liq emas.
Prokuror Kaune-Gebhardt gumonlanuvchi shaxs giyohvandlik va boshqa huquqbuzarliklar bo‘yicha ham tergov qilinayotganini ta'kidladi. Shuningdek, hozircha tergovda bu jinoyat ortida "xorijiy fuqarolarga nisbatan adovat" alomatlari borligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligi bildirildi. Voqeaning barcha tafsilotlari olib borilayotgan chuqur tekshiruvlar va so‘rovlardan so‘ng to‘liq ma'lum bo‘lishi kutilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Samsung Exynos 2600, Apple aqlli ko‘zoynaklari, Xiaomi Pad Mini va boshqa so‘nggi texnologiya yangiliklari bilan tanishing.
0 0

Honor Watch 5 Ultra aqlli soati titanyum korpus, EKG, 105 ta sport rejimi va sun'iy intellekt yordamchisi bilan taqdim etildi.
0 0

Yangi avlod PlayStation 6 konsolining nur taratish unumdorligi Nvidia RTX 5080 darajasidan oshishi mumkinligi ma'lum qilindi.
0 0

Texnologiya, ilm-fan, sun'iy intellekt va o'yin sanoatidagi so'nggi yangiliklar, jumladan ITER reaktori va yangi terminallar haqida.
0 0