UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

O‘zbekistonda telemeditsina joriy etilishi mumkin 🏥

1 daqiqa 0
Telegram
O‘zbekistonda telemeditsina joriy etilishi mumkin 🏥

Hindiston O‘zbekistonga qiymati 400 ming dollarlik telemeditsina loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilishni taklif etdi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida yangi texnologiyalarni mamlakatimizga transfer qilish hamda mahalliylashtirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqot O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar innovatsiyalar, yangi texnologiyalar transferi hamda ularni tijoratlashtirish kabi yo‘nalishlarda fikr almashdilar. Milliy ofis vakillari o‘z vazirlik va idoraning faoliyati bilan hamkorlarni yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Hindiston tomoni o‘z navbatida onlayn telemeditsina platformasi taqdimotini o‘tkazdi va qiymati 400 ming dollar sarmoyani tashkil etuvchi tayyor loyiha bo‘yicha hamkorlik taklifini bildirdi. Ta’kidlanishicha, ushbu platforma yordamida fuqarolar mamlakat hududini tark etmagan holda ham mahalliy, ham yetakchi xorijiy mutaxassislardan zarur maslahatlarni olishi mumkin bo‘ladi, bu esa bemorlarning vaqti va mablag‘ini sezilarli darajada tejaydi.

Hozirgi kunda mazkur platformadan asosan Hindistonning xususiy sektorida keng foydalaniladi. Shuningdek, Ispaniya, Meksika, Singapur va Nepal kabi davlatlarda ham ushbu tizim joriy etilib, amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Tadbir yakunida tomonlar startaplarni qo‘llab-quvvatlash, vebinarlar o‘tkazish, mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishi va dasturlar sohasida aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, taklif etilgan telemeditsina loyihasini tegishli mutaxassis va ekspertlar ishtirokida o‘rganib chiqib, navbatdagi uchrashuvni tashkil etishga kelishib olindi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin