UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Stephen Kingning "Mahşer" romani kinoga moslashtirilmoqda 🎬

1 daqiqa 0
Telegram
Stephen Kingning "Mahşer" romani kinoga moslashtirilmoqda 🎬

Stiven Kingning ming sahifadan iborat "Mahşer" (The Stand) romani bitta badiiy film sifatida suratga olinishi rejalashtirilmoqda.

Stiven Kingning eng mashhur va sevib o'qiladigan asarlaridan biri bo'lgan "Mahşer" (The Stand) romani kinoteatrlar uchun moslashtirilmoqda. Asar syujeti butun yer yuzidagi aholining 99 foizini nobud qilgan halokatli pandemiya va omon qolgan insonlarning hayot uchun kurashi bilan boshlanadi. Hikoya davomida 108 yoshli xayrixoh Abagail ona atrofida jamlangan guruh insoniyat taqdirini hal qiluvchi to'qnashuvda yovuz figura Randal Flagg va uning tarafdorlariga qarshi saf tortadi.

Asarning to'liq hajmi ming sahifadan oshishi va hikoya oddiy kasallik mavzusidan ezgulik hamda yovuzlik o'rtasidagi mistik urushga ulanib ketishi uni filmdan ko'ra ko'proq serial formatiga mos deb ko'rsatgan edi. Shu sababli rejissyor Dug Liman va uning ijodiy guruhini juda murakkab vazifa kutib turibdi. Ustiga ustak, Liman mazkur ulkan sujetni butunlay bitta filmga sig'dirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Xabaringiz bor, "Mahşer" romani oxirgi marta 2020 yilda mini-serial sifatida ekranlarga chiqarilgan edi. O'sha paytda loyihada Aleksandr Skarsgard, Vupi Goldberg, Jeyms Marsden va Amber Xerd kabi mashhur aktyorlar ishtirok etgandi. Ushbu yulduzli tarkib tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otgan bo'lsa-da, yakuniy natija ko'pchilikning kutganini oqlay olmagan va qoniqish hosil qildira olmagan edi. Endilikda kinoijodkorlarning yangi moslashuvi avvalgi xatolarni takrorlamasligiga umid qilinmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin