UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Tesla bitkoinlari 2022 yildan beri silagani yo'q 🪙

2 daqiqa 0
Telegram
Tesla bitkoinlari 2022 yildan beri silagani yo'q 🪙

Tesla kompaniyasining 2022-yildan beri harakatlantirilmagan bitkoin zaxiralari narxlar o'sishi ortidan deyarli 1 milliard dollarga baholanmoqda.

Elektoravtomobillar ishlab chiqaruvchi mashhur Tesla kompaniyasining 2021-yilda xarid qilgan yirik bitkoin zaxiralari borasida yangi maʼlumotlar maʼlum boʻldi. On-chain tahliliga ixtisoslashgan Arkham kompaniyasining tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, ushbu aktivlarning bir qismi hanuzgacha kompaniyaning roʻyxatdan oʻtgan hamyonlarida saqlanmoqda. Bitkoinning joriy bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanganda, mazkur zaxira taxminan 11 509 ta BTC ni yoki deyarli 997 million dollarni tashkil etmoqda.

Kompaniya 2021-yilda oʻz mablagʻlari hisobidan 1,5 milliard dollarlik yoki taxminan 48 000 BTC miqdoridagi raqamli valyutani xarid qilgan edi. Oʻsha davrda institutsional qiziqish past boʻlgani va birja fondlari mavjud boʻlmagani sababli bu qadam kriptovalyuta olamida katta shov-shuvlarga sabab boʻlgandi. Koʻp oʻtmay, oʻsha yilning oxirida Tesla oʻz ulushining taxminan 10 foizini foyda bilan sotib yubordi.

Bosh direktor Elon Mask dastlab kriptovalyutani uzoq muddatli saqlash niyatida ekanini koʻrsatib, naqd pulni tanqid qilgan va bitkoinni boshqa valyutalarga nisbatan afzal koʻrgan edi. Biroq, keyinchalik u oʻz qarorini oʻzgartirib, kriptovalyuta atrof-muhitga zarar yetkazishini va uning isbotlashi kerak boʻlgan jihatlari koʻpligini maʼlum qildi. Natijada, kompaniya 34 200 ga yaqin BTC ni xarid narxidan pastroq summaga, yaʼnikim 936 million dollarga sotdi va bu bitim zarar koʻrgan holda yopildi.

Ushbu holat kripto hamjamiyatida jiddiy eʼtirozlarga sabab boʻldi va oʻsha haftalarda bitkoin narxining tushishiga olib keldi. Shundan beri Tesla boshqa kriptovalyuta xarid qilmadi. Biroq, oradan vaqt oʻtib, qolgan 11 509 ta bitkoin kompaniya hamyonlarida oʻzgarmasdan qoldi va oxirgi toʻrt yil ichida birorta ham tranzaksiya qayd etilmadi. Narxlarning oʻsishi fonida dastlabki miqdorning toʻrtdan bir qismi boʻlgan ushbu aktivning qiymati 2022-yildagi yirik savdo hajmi bilan deyarli tenglashib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi.

Hozirgi vaqtda Elon Mask va Tesla rahbariyati mazkur bitkoin zaxiralarining kelgusiy taqdiri borasida hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Maskning eʼtibori hozirda oʻzining eng qimmatli aktiviga aylangan SpaceX kompaniyasiga qaratilgan boʻlib, shuning uchun Tesla’dagi mavjud bitkoinlar kompaniya daromadni qayd etishga qaror qilguniga qadar oʻz joyida qolishi kutilmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin