UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

RTX 5090 xarid qilish qiyinlashdi 🛑

1 daqiqa 0
Telegram
RTX 5090 xarid qilish qiyinlashdi 🛑

Micro Center do'konlari Nvidia RTX 5090 xaridorlaridan maxsus deklaratsiya va shaxsiy guvohnoma skanerini talab qilmoqda.

AQShdagi taniqli Micro Center chakana savdo tarmog'i Nvidia RTX 5090 grafika kartasini yoki uning komplektatsiyasiga ega kompyuterlarni xarid qilmoqchi bo'lgan mijozlar uchun yangi majburiy talabni joriy qildi. Unga ko'ra, xaridorlar ushbu qimmatbaho qurilmani eksport qilmasliklari va qayta sotmasliklarini tasdiqlovchi maxsus deklaratsiya shaklini to'ldirib, imzolashlari shart. Ushbu jarayonda do'kon xodimlari xaridorning davlat tomonidan berilgan shaxsiy guvohnomasini skanerlab oladi.

Mazkur qoida ilk bor Kaliforniyaning Tustin shahridagi do'konda aniqlangan bo'lib, keyinchalik Ogayo shtatining Kolumbus shahridagi filialda ham joriy etilgani ma'lum bo'ldi. Ushbu yangi tartib shu haftadan boshlab yo'lga qo'yilgan. Mutaxassislarning fikricha, mazkur choradan asosiy maqsad RTX 5090 qurilmalarini yoki uning qismlari mavjud bo'lgan tayyor kompyuterlarni sotib olib, ularni Xitoyga qimmat narxlarda qayta sotishga urinayotgan spekulyantlar faoliyatiga chek qo'yishdir.

Biroq internet foydalanuvchilari va xaridorlar o'rtasida bu masala bo'shicha turli fikrlar mavjud. Ayrimlar hujjatlar yuridik kuchga ega emasligini va uning ijrosi shubhali ekanini ta'kidlasa, boshqalar uni qayta sotuvchilarga qarshi samarali to'siq deb baholamoqda. Shaxsiy ma'lumotlarni do'konga taqdim etish zarurligi esa ayrim xaridorlarning noroziligiga sabab bo'lmoqda.

Shuningdek, mijozlarga qo'yilgan yana bir cheklovga ko'ra, har bir xaridorga faqat bir martagina RTX 5090 sotib olishga ruxsat etiladi va bu cheklov umrbod amal qiladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin