UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

🐻 Novvoyxonaga bostirib kirgan ayiq qaytib keldi

1 daqiqa 0
Telegram
🐻 Novvoyxonaga bostirib kirgan ayiq qaytib keldi

Italiyada novvoyxonadagi pechenyelarni yeb ketgani uchun tabiatga qoʻyib yuborilgan noyob ayiq 160 km yoʻl bosib yana shaharga qaytdi.

Italiyada mahalliy aholi Xuan Каррито deb atagan ikki yoshli qoʻngʻir ayiq oʻzining sevimli новвойхонаси joylashgan Rokkarazo shaharchasiga yana қайтиб келди. Bu haqda Insider nashri xabar berdi.

Mayella milliy bogʻining maʼlum qilishicha, shirindor ayiqni yovvoyi tabiatga qoʻyib yuborish rejadagidek chiqmadi. Bungacha ushbu hayvon shahar koʻchalarida tez-tez koʻrinish berib, chiqindi idishlardagi pissa qoldiqlarini yeb, favvoralardan suv ichib юрган edi. 2021 yilda u mahalliy novvoyxonaga bostirib kirib, barcha pechenyelarni yeb qoʻyganidan soʻng, uni maxsus ushlab, tinchlantiruvchi vosita yordamida uxlatishgan va milliy bogʻ hududiga olib borib qoʻyishgan edi.

Biroq oradan atigi 18 kun oʻtgach, ayiq ortiga qaytishga qaror qildi va shaharchaga yetib kelish uchun naqd 160 kilometr yoʻl bosib oʻtdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Xuan Karrito Apennin qoʻngʻir ayigʻi boʻlib, bu juda noyob tur hisoblanadi. Tabiat muhofazasi tashkilotlari maʼlumotiga koʻra, hozirda yovvoyi tabiatda bu tur vakillaridan atigi 60 tasi qolgan, xolos.

Ayiqning qaytishi mahalliy aholi va tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida muhokamalarga sabab boʻldi. Aholi uning shaharda qolishini yoqlab imzo toʻplagan boʻlsa, WWF (Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi) Italiya boʻlimi shaharda hayvonlar uchun xavfsizlik choralari koʻrilmaganini tanqid qildi. Mutaxassislar hududni turistik sirkka aylantirmasdan, ayiqning tabiat qoʻynida xavfsiz harakatlanishini taʼminlash muhimligini taʼkidlamoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin