
Italiyada novvoyxonadagi pechenyelarni yeb ketgani uchun tabiatga qoʻyib yuborilgan noyob ayiq 160 km yoʻl bosib yana shaharga qaytdi.
0 0

Toshkentda Hyundai Sonata mashinasi YPX inspektorining oyog‘ini bosib ketgani va haydovchi xodimni shifoxonaga olib borgani ma’lum qilindi.
Toshkent shahrida sodir bo‘lgan YPX xodimi bilan bog‘liq YTH yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 aprel kuni poytaxt ko‘chalarida ko‘ngilsiz hodisa yuzaga kelgan.
Hodisa 20 aprel kuni taxminan soat 10:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi ko‘chalari kesishgan chorrahada ro‘y berdi. Shu yerda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farhod Sayhamatov fuqaro A.T. boshqaruvidagi Hyundai Sonata rusumli avtomashina ostida qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘ngilsiz holat haydovchining e’tiborsizligi oqibatida kelib chiqqan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur chorrahada oldinroq boshqato‘qnashuv sodir bo‘lgan va YPX xodimi o‘sha holat ishtirokchilariga yordam ko‘rsatayotgan bo‘lgan. Abdulla Qodiriy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi e’tiborsizlik qilib, mashinasining orqa chap g‘ildiragi bilan xodimning oyog‘ini bosib o‘tgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan YPX xodimi voqeadan so‘ng qarovsiz qoldirilmagan. Hyundai haydovchining o‘zi uni darhol shifoxonaga olib borib, zarur birinchi yordamni ko‘rsatgan.
Hozirgi vaqtda mazkur sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan barcha tegishli rasmiy hujjatlar rasmiylashtirilganligi ma’lum qilindi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Italiyada novvoyxonadagi pechenyelarni yeb ketgani uchun tabiatga qoʻyib yuborilgan noyob ayiq 160 km yoʻl bosib yana shaharga qaytdi.
0 0

Google Pixel 10a smartfoni narxi 100 dollarga oshib, 128 GB versiyasi 599 dollarni, 256 GB versiyasi esa 699 dollarni tashkil qila boshladi.
0 0

Xiaomi brendining smartfonlar, gadjetlar va maishiy texnikalari Glotr.uz savdo maydonchasida bir joyda taqdim etilmoqda.
0 0

iPhone aksessuarlari, sun’iy intellekt yangiliklari, mobil o‘yinlar va iOS 27 imkoniyatlari haqidagi so‘nggi xabarlar sharhi.
0 0