UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Apple Vision Pro ishlab chiqarish to‘xtatilmoqda 📉

1 daqiqa 0
Telegram
Apple Vision Pro ishlab chiqarish to‘xtatilmoqda 📉

Apple Vision Pro garniturasiga talab pastligi sababli uning ishlab chiqarilishi to‘xtatilish arafasida va kompaniya arzonroq modelga e'tibor qaratmoqda.

Apple kompaniyasining Vision Pro rusumli arash reallik garniturasiga bo‘lgan talabning pastligi sababli, uning ishlab chiqarish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda. Ilgariroq yoz boshida kamaygan ishlab chiqarish hozirda butunlay to‘xtash bosqichida ekani xabar qilingandi. Zavod xodimlarining ma'lum qilishicha, may oyidayoq ayrim butlovchi qismlarni tayyorlash to‘xtatilib, omborlarda yetkazib berilmagan o‘n minglab detallar qolgan. Ta'minotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Apple ixtiyorida 500 mingdan 600 mingtagacha garnitura yig‘ishga yetarli ehtiyot qismlar mavjud bo‘lib, bu zaxira talabni uzoq muddat qoplashga yetishi taxmin qilinmoqda.

Qurilmaning so‘nggi yig‘ish ishlarini amalga oshiruvchi Xitoyning Luxshare kompaniyasi eng yuqori davrda kuniga 2000 taga yaqin mahsulot chiqargan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich ming dona atrofida qolgan. Shuningdek, Apple ishlab chiqarish liniyasini qismlarga ajratgani, biroq talab oshgan taqdirda uni qaytadan kuchaytirishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, kompaniya shunga o‘xshash butlovchi qismlarni kelgusida arzonroq modelda ishlatishi yoki mavjud ko‘zoynak dizaynini o‘zgartirmagan holda kichik yangilanish taqdim etishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, Apple Vision Pro o‘zining yuqori sifatli ekrani va qulay boshqaruv tajribasi uchun ijobiy baholangan bo‘lsa-da, 3500 dollarlik qimmat narxi, vaznining og‘irligi hamda VR qurilmalarga xos bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kabi muammolar tufayli keskin tanqidlarga uchradi. Bundan tashqari, maxsus ilovalarning yetishmasligi ham asosiy kamchiliklardan biri sifatida qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda Apple o‘e e'tiborini Vision Pro garniturasining yanada arzonroq versiyasini ishlab chiqishga qaratgani ma'lum qilinmoqda. Narxi hamyonbop bo‘lgan bunday yangi qurilmaning bozorga chiqarilishi savdo hajmini oshirishi hamda dasturchilarni ko‘proq ilovalar yaratishga undashi kutilmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin