UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

NFT savdolari 23% ga pasaydi 📉

1 daqiqa 0
Telegram
NFT savdolari 23% ga pasaydi 📉

Oxirgi haftada global NFT savdolari hajmi 40,88 million dollargacha kamaydi, xaridorlar faolligi esa oshdi.

O‘tgan yetti kunlik davrda global NFT bozori savdolar hajmining qisqarishiga duch keldi. CryptoSlam ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy savdolar 23,48% ga tushib, 40,88 million dollarni tashkil etdi. Oldingi davrda bu ko‘rsatkich qariyb 53,42 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, hajm taxminan 12,54 million dollarga kamaygan. O‘rtacha har bir bitim qiymati esa 47,35 dollar atrofida qayd etildi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishiga qaramroq, tarmoqdagi ishtirokchilar faolligi sezilarli darajada oshgan. Xaridor manzillari 28,79% ga o‘sib, 206 788 taga yetdi, sotuvchilar soni ham 31,99% ga ko‘payib, 197 297 tani tashkil qildi. Shuningdek, tranzaksiyalar soni ham 8,44% ga oshib, 863 295 taga yetdi.

Blokcheyn tarmoqlari kesimida Ethereum haftalik 42,01% pasayishga uchraganiga qaramay, 17,08 million dollarlik savdo hajmi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Polygon tarmog‘i savdolari 12,89% ga oshib, 8,21 million dollarga yetdi. Uchinchi o‘rindagi Bitcoin tarmog‘ida esa savdolar 3,83 million dollarni tashkil etib, 25,56% ga kamaydi.

Reytingning keyingi o‘rinlaridan Base, BNB Chain, Immutable va Solana tarmoqlari joy oldi. Shuningdek, Panini America blokcheyni o‘z savdolarini 557,53% ga oshirib, kuchli o‘nlikka kirdi. Kolleksiyalar orasida esa Courtyard 7,31 million dollarlik ko‘rsatkich bilan yetakchilikni saqlab qoldi. 3-oktabr holatiga ko‘ra kengroq kriptovalyuta bozorining umumiy kapitallashuvi 2,98 trillion dollar atrofida baholandi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin