UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Yangi Lamborghini Fenomeno taqdim etildi 🏎

1 daqiqa 0
Telegram
Yangi Lamborghini Fenomeno taqdim etildi 🏎

Lamborghini Monterey Car Week ko'rgazmasida 3,5 million dollarlik 1065 ot kuchiga ega yangi Fenomeno gibrid giperkarini taqdim etdi.

Lamborghini kompaniyasi Monterey Car Week ko'rgazmasida o'zining yangi Fenomeno nomli giperkarini rasmanomoyish qildi. Mazkur avtomobil brendning 62 yillik tarixi davomidagi eng tezkor va eng quvvatli seriyali mashina bo'lishi bilan birga, kompaniya kelgusi avtomobillari uchun o'ziga xos dizayn yo'nalishini belgilab beruvchi model sifatida e'tirof etilmoqda.

Texnik ko'rsatkichlarga ko'ra, Fenomeno modeli 6,5 litrli atmosferali V12 dvigateli hamda uchta elektr motorini o'z ichiga olgan gibrid tizim bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 1065 ot kuchiga teng bo'lib, bu avvalgi flagman hisoblangan Revuelto modelidan ham yuqori natijadir. Avtomobilning maksimal aylanish momenti 6750 aylanish/daqiqada 725 Nm ni tashkil etadi.

Giperkar yuz kilometr tezlikka atigi 2,4 soniyada erishadi, uning maksimal tezligi esa soatiga 350 kilometrdan oshadi. Shuningdek, mashinaga o'rnatilgan 7 kVt/soat sig'imli maxsus batareya faqat elektr energiyasining o'zida 20 kilometrgacha masofani bosib o'tish imkonini beradi. Olingan natijalarga ko'ra, modelning vazn va quvvat nisbati har bir ot kuchiga 1,64 kilogrammdan to'g'ri kelib, bu kompaniya tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichga aylandi.

Xaridorlar uchun taqdim etiladigan nusxalar soni qat'iy cheklangan bo'lib, umumiy hisobda 29 ta mashina chiqariladi va yana bitta nusxa kompaniyaning o'z muzeyi uchun qoldiriladi. Har bir avtomobilning narxi 3,5 million dollarga baholangan. Yuqori quvvatni boshqarish uchun mashina uglerod tolali monokok, uglerod-keramika tormozlari hamda Bridgestone Potenza Sport шиналари taqilgan old qismi 21 dyuymli, orqa qismi 22 dyuymli disklar bilan ta'minlangan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin