UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Microsoft Snapdragon X chiplis yangi qurilmalarni taqdim etdi 💻

1 daqiqa 0
Telegram
Microsoft Snapdragon X chiplis yangi qurilmalarni taqdim etdi 💻

Microsoft Snapdragon X protsessorli yangi Surface Laptop va Surface Pro qurilmalarini taqdim etdi.

Microsoft kompaniyasi sun'iy intellekt imkoniyatlariga tayangan yangi Copilot+ PC toifasiga mansub Surface Laptop va Surface Pro qurilmalarini rasman namoyish etdi. Mazkur gadjetlar Qualcomm Snapdragon X seriyali protsessorlari negazida ishlaydi va Windows operatsion tizimining yangi funksiyalarini qo'llab-quvvatlaydi.

Yangi Microsoft Surface Laptop modeli X Elite va X Plus protsessorlari bilan ta'minlangan bo'lib, xaridorlarga 13,8 dyuymli hamda 15 dyuymli ekran o'lchamlarida taklif etiladi. Qurilmalarda 45 TOPS quvvatga ega Qualcomm Hexagon NPU va Adreno grafik protsessori mavjud. Shuningdek, 16 yoki 32 GB tezkor xotira hamda 256 GB dan 1 TB gacha bo'lgan doimiy xotira turlari tanlash imkoniyati yaratilgan.

Displey borasida PixelSense Flow texnologiyasi qo'llanilgan bo'lib, ikkala versiya ham 120 Gts yanglanish chastotasi va Corning Gorilla Glass 5 himoya oynasiga ega. Batareya quvvati modelga qarab internetda faol ishlash rejimida 13 dan 15 soatgacha yetishi va videoni 22 soatgacha uzluksiz ko'rsatishi mumkinligi aytib o'tildi. Qurilma turli portlar, shu jumladan USB-C, USB-A, shuningdek WiFi 7 va Bluetooth 5.4 kabi zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, yangilangan Surface Pro plansheti ham Snapdragon X Plus va X Elite chiplari asosida ishlaydi. Ushbu qurilma 13 dyuymli PixelSense displey bilan ta'minlangan bo'lib, xaridorlar yuqori kontrastli OLED panelli yoki oddiy LCD ekranli versiyalarini tanlashlari mumkin. Planshet ham sun'iy intellekt amallari uchun 45 TOPS quvvatdagi Qualcomm Hexagon neyron protsessoriga ega.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin